EKSPERIMENTAL 2-TIP QANDLI DIABET SHAROITIDA ROSUVASTATIN VA RM-1 POLIFENOLINING INSULIN REZISTENTLIGI VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARGA TA’SIRI
PDF

Keywords

eksperimental diabet
streptozotosin
rosuvastatin
RM-1 polifenoli
insulin rezistentligi
HOMA-IR
koagulyatsiya
trombotsitlar agregatsiyasi.

How to Cite

EKSPERIMENTAL 2-TIP QANDLI DIABET SHAROITIDA ROSUVASTATIN VA RM-1 POLIFENOLINING INSULIN REZISTENTLIGI VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARGA TA’SIRI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(07), 487-493. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i07.064

Abstract

Ushbu tadqiqotda streptozotosin (STZ) yordamida chaqirilgan eksperimental 2-tip qandli diabet modeli sharoitida rosuvastatin va RM-1 polifenolining insulin rezistentligi hamda asosiy biokimyoviy ko‘rsatkichlarga ta’siri o‘rganildi. Tajriba Wistar liniyasidagi 40 ta erkak kalamushlarda o‘tkazilib, ular to‘rt guruhga bo‘lindi: intakt guruh, diabet guruhi, rosuvastatin bilan davolangan diabet guruhi va rosuvastatin hamda RM- 1 polifenoli kombinatsiyasi qo‘llanilgan guruh. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eksperimental diabet sharoitida glyukoza darajasi, lipid spektri buzilishi, jigar fermentlari faolligi va HOMA-IR indeksi sezilarli darajada oshgan bo‘lib, bu og‘ir insulin rezistentligi rivojlanganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, gemostaz tizimida giperkoagulyatsion holat va trombotsitlar agregatsiyasining kuchayishi kuzatildi. Rosuvastatin monoterapiyasi glyukoza va lipid almashinuvini qisman yaxshilagan hamda insulin rezistentligini ma’lum darajada kamaytirgan. Biroq eng yuqori terapevtik samara rosuvastatin va RM-1 polifenoli kombinatsiyasida kuzatilib, unda insulin sezuvchanligi sezilarli darajada yaxshilangan, HOMA-IR indeksi pasaygan, lipid profil va gemostaz ko‘rsatkichlari esa sog‘lom guruhga yaqinlashgan. Olingan natijalar rosuvastatin va RM-1 polifenolining birgalikdagi qo‘llanilishi eksperimental diabet sharoitida metabolik va gemostatik buzilishlarni korreksiya qilishda istiqbolli yondashuv bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
PDF

References

1. Raimova Guli Madmurodovna, Nasirov Qabil Erkinovich, Xodjiyev Sirodjiddin Salimovich, Ortiqov Mukhamadqodir Musazhonovich, Maxmudov Rustam Rasuljonovich, Toshtemirova Muazzam Akmaljonovna, Isogalieva Sadafxon Muxammadaminovna, Usmanova Muxammadaminovna, Pobirova Mukhayovna20 (ANK-1, ANK-2, ITL-2) deksametazon tomonidan qoʻzgʻatilgan 2-toifa diabet mellitus davolashning kalamush modelida. Angioterapiya jurnali 8(7) 1-11https://doi.org/10.25163/angiotherapy.879778:T-1-11.

2. Lavrenova E.A., Drapkina O.M. Semirib ketishda insulin qarshiligi: sabablari va oqibatlari. Semirib ketish va metabolizm. 2020;17(1):48-55. https://doi.org/10.14341/omet9759.

3. Qandli diabet. 2010;13(2):63-67. https:// doi. org /10.14341/ 2072-0351-5676.

4. Swapnil N. Rajpathak, Dharam J. Kumbhani, Jill Crandall va boshqalar. Statin terapiyasi va 2-toifa diabetning rivojlanish xavfi: meta-tahlil. Qandli diabetni parvarish qilish, 2009, 32 (10): 1924-9.

5. Dreval A.V., Misnikova I.V., Trigolosova I.V., Tishenina R.S. Erta uglevod almashinuvi buzilishi boʻlgan odamlarda metforminning uglevod va lipid metabolizmiga ta’siri.

6. Xodjiyev S.S., Raimova G.M., Nasirov K.E., Vypova N.L., Maxmudov R.R. Polifenol ANK-1 (geksagalloy - iglukoza ) ning Antitrombotik ta’siri indexamethazone-inducesedadedia inducesed modeldivansion Xalqaro tadqiqot konferentsiyasi gumanitar fanlar, tabiiy fanlar va ta’lim. Turkiya 2024.264-266.

7. Xidirova L.D., Gordeev A.I. Statin bilan bog'liq diabetes mellitus. Profilaktik tibbiyot. 2023;26(5):85 -88.