MODIFIKATSIYALANGAN BENTONIT–SAPROPEL KOMPOZIT SORBENTIDA IFLOSLANTIRUVCHI MODDALAR ADSORBSIYASINING KINETIKASI, TERMODINAMIKASI VA MOLEKULYAR MEXANIZMINI DFT ASOSIDA TADQIQ ETISH
PDF

Keywords

adsorbsiya kinetikasi
psevdo-ikkinchi tartib
Langmuir izotermasi
adsorbsiya termodinamikasi
DFT
bogʻlanish energiyasi
zaryad koʻchishi
reaktivlik deskriptorlari.

How to Cite

MODIFIKATSIYALANGAN BENTONIT–SAPROPEL KOMPOZIT SORBENTIDA IFLOSLANTIRUVCHI MODDALAR ADSORBSIYASINING KINETIKASI, TERMODINAMIKASI VA MOLEKULYAR MEXANIZMINI DFT ASOSIDA TADQIQ ETISH. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(07), 379-389. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i07.051

Abstract

Ushbu maqolada 60:40 massa nisbatidagi modifikatsiyalangan bentonit- sapropel kompozit sorbentida Cu(II), Pb(II), Cd(II), Cr(VI) ionlari, shuningdek, fenol va neft mahsulotlarining adsorbsiya jarayoni kinetik, izoterma va termodinamik yondashuvlar asosida kompleks tadqiq qilindi. Adsorbsiya mexanizmi bog'lanishning zichlik funksionali nazariyasi (DFT) yordamida molekulyar darajada tahlil qilindi. Kinetik natijalar adsorbsiya jarayonining psevdo-ikkinchi tartibli modelga bo'ysunishini ko'rsatdi (R² > 0,996). Yarim yutilish vaqti 3,6-8,1 daqiqani tashkil etib, adsorbsiya muvozanati 15-30 daqiqalik kontakt davomida qaror topishi aniqlandi. Muvozanat ma'lumotlari Langmuir izotermasi bilan yuqori aniqlikda tavsiflandi, monoqatlam adsorbsiya sig'imi Cr(VI) uchun 28,4 mg g⁻¹ dan Pb(II) uchun 62,8 mg g⁻¹ gacha o'zgardi. Termodinamik tahlil metall ionlari adsorbsiyasining o'z- o'zidan sodir bo'ladigan endotermik jarayon (ΔH° = +12,3...+22,4 kJ mol⁻¹), fenol va neft mahsulotlarining yutilishi esa ekzotermik jarayon (ΔH° = −14,6 va −17,2 kJ mol⁻¹) ekanligini ko'rsatdi. DFT hisoblashlari (B3LYP/6-31G(d,p)/LANL2DZ, PCM suv) metall ionlari uchun aniqlangan yuqori adsorbsiya energiyalari (−143...−239 kJ mol⁻¹) hamda sezilarli zaryad ko'chishi (0,53-0,74 e) adsorbsiya jarayonining asosiy mexanizmi ichki sferali koordinatsion komplekslar hosil bo'lishi bilan bog'liqligini tasdiqladi.
PDF

References

1. Ho Y. S., McKay G. Pseudo-second order model for sorption processes // Process Biochemistry. – 1999. – Vol. 34, № 5. – P. 451–465.

2. Langmuir I. The adsorption of gases on plane surfaces of glass, mica and platinum // Journal of the American Chemical Society. – 1918. – Vol. 40, № 9. – P. 1361–1403.

3. Tan K. L., Hameed B. H. Insight into the adsorption kinetics models for the removal of contaminants from aqueous solutions // Journal of the Taiwan Institute of Chemical Engineers. – 2017. – Vol. 74. – P. 25–48.

4. Foo K. Y., Hameed B. H. Insights into the modeling of adsorption isotherm systems // Chemical Engineering Journal. – 2010. – Vol. 156, № 1. – P. 2–10.

5. Parr R. G., Szentpály L. v., Liu S. Electrophilicity index // Journal of the American Chemical Society. – 1999. – Vol. 121, № 9. – P. 1922–1924.

6. Cygan R. T., Greathouse J. A., Kalinichev A. G. Advances in Clayff molecular simulation of layered and nanoporous materials // The Journal of Physical Chemistry C. – 2021. – Vol. 125, № 32. – P. 17573–17589