Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida leksik birliklarning semantik- struktur hamda lingvokulturologik jihatdan o‘rganilish asoslari tahlil qilinadi. Maqolada so‘z va iboralarning ma’no tarkibi, ularning ichki tuzilishi, semantik munosabatlari hamda nutq jarayonidagi funksional xususiyatlarini o‘rgangan olimlarning qarashlari va ilmiy nazariyalari yoritiladi. Shuningdek, leksik birliklarning milliy-madaniy mazmuni, xalqning tarixiy tajribasi, mentaliteti va qadriyatlarini aks ettirishdagi o‘rni lingvokulturologik yondashuv asosida izohlanadi. Ishda semantik-struktur tahlil metodlari bilan bir qatorda lingvokulturologik tahlil usullari qo‘llanilib, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib beriladi va bu borada ilmiy ishlar olib brogan olimlar qarashlari tadqiq etiladi. O‘zbek tilidagi ayrim leksik birliklar misolida ularning ma’no qatlamlari, konnotativ xususiyatlari va madaniy belgilar tizimidagi o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilining leksik tizimini chuqurroq anglashga, til birliklarini semantik va madaniy jihatdan kompleks o‘rganishga xizmat qiladi hamda zamonaviy tilshunoslik, xususan, semantika va lingvokulturologiya sohalarini rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Tayanch so‘z va iboralar: mantiqshunoslik, til va tafakkur, so‘zning ma’no hodisasi, semantika, lingvomadaniyatshunoslik, so‘zning semantik- struktur tuzilishi, milliy o‘zlik. ОСНОВЫ СЕМАНТИКО-СТРУКТУРНОГО И ЛИНГВОКУЛТУРНОГО ИЗУЧЕНИЯ ЛЕКСИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В ЛИНГВИСТИКЕ УЗБЕКИСТАНАReferences
1. Сайфуллаев Ш.Р. Эволюция и природа интеллекта: - СПб.: Петр Великий,
2005. Первая книга, т.1.-1024c/ 527-528 bet
2. Shoislomov Sh. Ibn Sinoning tib haqidagi sheʼriy asari (Urjuza). – Toshkent: Fan, 1972. – B. 59.
3. Safarov Shahriyor. Semantika. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Samarqand Davlat Universiteti.T-.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2013. 344 bet/ 110-b.
4. Ўтанова С. Ҳ. Алишер Навоий ғазалиёти символикаси. Фил.фан. ном... дисс. – Тошкент,2007;
5. Rajabaliyeva, N. (2024). Phraseological units with color components and their importance in English language. Qo‘qon Universiteti Xabarnomasi, 13(1), 331-334.