Abstract
Mazkur maqolada suv komponentli til birliklarining badiiy diskursdagi semantik va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida o‘zbek badiiy adabiyoti namunalarida uchraydigan “suv”, “daryo”, “irmoq” kabi birliklarning kontekstual qo‘llanishi o‘rganilib, ularning emotsional holatni ifodalash, obraz yaratish hamda badiiy tasvirni kuchaytirishdagi o‘rni aniqlanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, suv komponentlari badiiy diskursda turli semantik qatlamlarda namoyon bo‘lib, ayrim matnlarda harakat va jo‘shqinlikni, boshqa holatlarda tabiat manzarasini yoki fojiaviy kechinmalarni ifodalovchi muhim badiiy vosita sifatida qo‘llanadi. Shuningdek, suv obrazi lingvokulturologik jihatdan keng ramziy imkoniyatlarga ega bo‘lib, badiiy matnning semantik va estetik ta’sirini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi.References
1. Hoshimov O‘. Qalbingga quloq sol. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom, 2018.
2. Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Маънавият, 2013.
3. Mo‘minova M. Suv komponentli lisoniy birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari. Filol. fan. b. fals. dok… diss. – Qarshi, 2024.
4. Yo‘ldoshev M. Matn lingvistikasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2016.
5. Сайланма: Шеърлар. Достонлар. Хотиралар. — Тошкент.: «Шарқ», 2007.
6. Старостина О. Функционирование единиц лексико-семантической группы вода в поэзии Серебряного века. Дисс. …канд. филол. наук. – Казан, 2016.
7. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II jild. − Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2006.