Abstract
Maqolada o‘zbek nasrining yirik vakili hisoblanmish Pirimqul Qodirovning uchta tarixiy romani, ya’ni “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” va “Ona lochin vidosi” misolida malikalar va begimlar obrazining badiiy taraqqiyoti o‘rganib chiqildi. Bu uchta asar bir-biridan ajratgan holatda emas, balki yozuvchi ijodining yaxlit bosqichlari sifatida o‘qib, o‘rganib chiqildi. Bunday yondashuv orqali biz ayol obrazining oilaviy sadoqatdan hissiy uyg‘onishga, undan esa mustaqil ijtimoiy faollikka o‘sib borish yo‘lini ochib berishga harakat qildik. Tahlil davomida tarixiy-qiyosiy va tipologik metodlardan foydalanildi. Hamda xulosalar mavjud adabiyotshunoslik ishlari bilan solishtirilgan holda taqdim etildi.References
1. Qodirov P. Yulduzli tunlar: roman. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979.
2. Qodirov P. Avlodlar dovoni: roman. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 1989 (qayta nashr: 1995, 2023).
3. Qodirov P. Ona lochin vidosi: roman. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2001.
4. Qodirov P. Amir Temur siymosi: tarixiy-ilmiy tadqiqot. – Toshkent, 2007.
5. Karimova V. Pirimqul Qodirov tarixiy romanlari tahlili // IQRO INDEXING. – 2025. – Jild 15, № 01. – B. 837–840.
6. Abdunazarova N. O‘zbek adabiyotida ayol obrazi // Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice. – Termiz, 2025.
7. Shermatova M.F. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridagi qahramon obrazlar tavsifi // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – Farg‘ona, 2021.
8. O‘razbaeva M. Hozirgi o‘zbek romanchiligida ayol obrazi va uning qiyosiy tahlili: Filol. fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent, 2021.
9. Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” asarida ayol timsoli: ilmiy maqola // CyberLeninka elektron ilmiy kutubxonasi (muallifi manbada ko‘rsatilmagan).
10. Sayfuddinova M.F. Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” asarida Humoyun obrazi // Conferences (Adabiyot xazinasi). – 2025. – Jild 1, № 8. – B. 729–731.
11. Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” romani va O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarlarida ona timsoli // Ustozlar uchun / pedagoglar jurnali. – 2025. – Jild 83, № 2.
12. Pirimqul Qodirov (1928–2010) // Ziyouz.com ma’rifiy portali, “O‘zbek ziyolilari” bo‘limi.
