Abstract
Ushbu maqola urdu tilida ayrim harbiy unvonga oid terminlarning leksik-semantik xususiyatlarini yoritadi. Maqolada urdu tilidagi elektron davriy axborot nashrlaridan olingan harbiy terminlar ishtirokidagi maqolalar tahlilga tortiladi. Ajratib olingan harbiy unvonlarni ifodalovchi terminlarning leksik-semantik xususiyatlarini ochib berish izlanishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, turli darajadagi harbiy mavqelarni ifodalovchi terminlarning kelib chiqishi, rivojlanishi va hozirgi kundagi anglatadigan ma’nolari keng tushuntiriladi. Maqolada tahlilga tortilgan har bir terminning qo‘llanilish doirasi hamda uning funksional vazifalari alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Tahlil natijalari orqali hozirgi kunda urdu tilida amalda foydalanilayotgan harbiy unvonga oid terminlarning asosiy qismi ingliz tilidan o‘zlashganligini, lekin tilda birmuncha avvaldan foydalanib kelinayotgan fors, arab tillaridan o‘zlashgan terminlar ham mavjudligini ko‘rish mumkin.References
1. Crystal D. (2003). A Dictionary of Linguistics and Phonetics. Blackwell Publishing.
2. Kondratjeva E. I. (2010). Military Terminology in Modern Languages. Moscow: Nauka.
3. Ali S. (2019). Social Significance of Military Ranks in Urdu-speaking Societies. Karachi: Social Science Review.
4. Farooq N. (2021). Cultural Significance of Military Titles in Urdu-speaking Societies. Karachi: Social Science Review.
5. Iqbal S. (2019). Semantic Hierarchies in Urdu Military Terminology. Islamabad: Defense Studies Institute.
6. Javed A. (2017). The Symbolism of Military Ranks in Urdu Literature. Lahore: Literary Press.
7. Khan M. (2018). Military Protocols and Language Use in Urdu. Karachi: Defense Publications.
8. Rashid H. (2017). Military Imagery in Urdu Literature. Lahore: Literary Horizons.
9. Siddiqui N. (2020). The Role of Military Titles in Urdu Media. Islamabad: Media Studies Journal.