Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari pedagoglarida salomatlik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida ichki salohiyat omillarining pedagogik ahamiyati nazariy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda salomatlik kompetensiyasi pedagog shaxsining kasbiy barqarorligi, stressga chidamliligi va ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlovchi muhim integrativ sifat sifatida talqin qilinadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida pedagog shaxsining ichki salohiyati motivatsion, psixologik, kognitiv, irodaviy va refleksiv omillar majmui sifatida aniqlanib, ularning salomatlik kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ichki salohiyat omillari yetarli darajada rivojlangan sharoitda pedagogning o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabati ongli, barqaror va tizimli xarakter kasb etishini ko‘rsatadi. Maqolada salomatlik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida tashqi pedagogik ta’sirlar pedagog shaxsining ichki resurslari bilan uyg‘unlashgandagina kutilgan samaraga erishish mumkinligi ta’kidlanadi. Olingan xulosalar oliy ta’lim muassasalarida pedagoglar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan pedagogik faoliyatni takomillashtirish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.References
1. Jumaniyazova T.A., Kurbanbaeva D.K., Olimova M.M. Pedagogical and psychological aspects of health competence formation in higher education pedagogues // Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2, № 10. – С. 676-678.
2. Jumaniyazova Tupajon Alimovna, Tursunov Shixnazar Saparbayevich. Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarida salomatlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslari // Obrazovanie, nauka i innovatsionnye idei v mire. – 2025. – № 65(1). – С. 408-418.
3. Jumaniyazova Tupajon Alimovna, Tursunov Shixnazar Saparbayevich. Oliy ta’lim pedagoglarining salomatlik kompetensiyasini shakllantirish muammosi // Ta’lim innovatsiyasi va integratsiyasi. – 2025. – № 41(1). – С. 28-31.
4. Jumaniyazova T.A.,, Kurbanbaeva D.K., Olimova M.M. Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarida salomatlikni saqlash kompetensiyasini rivojlantirish – pedagogik muammo sifatida. Международный научный журнал (100), Part 1 «Научный Фокус», No. 6, 2023, pp. 548–549.
5. Jumaniyazova T.A. et al. Ta’lim muassasalarining ijtimoiy va sog‘liqni saqlash sohasidagi hamshiralarning va o‘qituvchilarning axloqiy kompetentsiyasi. The Role of Exact Sciences in the Era of Modern Development, Vol. 1, No. 5, 2023, pp. 18–20.
6. Жуманиязова Т.А. va boshqalar. Развитие здоровьесберегающей компетенции у педагогов высших учебных заведений как педагогическая проблема. Нововведения современного научного развития в эпоху глобализации: Проблемы и решения, Vol. 1, No. 5, 2023, pp. 46–47.