MAKTAB DIREKTORLARI UCHUN PEDAGOGIK MAQOMNING NORMATIV- HUQUQIY ASOSLARI: MEHNAT KAFOLATLARI VA BOSHQARUV KOMPETENTLIGI
PDF

Keywords

pedagogik maqom
maktab direktori
mehnat kafolatlari
normativ-huquqiy tahlil
boshqaruv kompetentligi
huquqiy savodxonlik
Mehnat kodeksi
ta’lim qonunchiligi

How to Cite

MAKTAB DIREKTORLARI UCHUN PEDAGOGIK MAQOMNING NORMATIV- HUQUQIY ASOSLARI: MEHNAT KAFOLATLARI VA BOSHQARUV KOMPETENTLIGI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(6), 314-325. https://doi.org/10.70728/c.series.ped.v08.i06.050

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari kontekstida maktab direktorlarining pedagogik maqomi va uning normativ-huquqiy asoslari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda maktab direktorlarining pedagogik maqomga ega subyekt sifatida tan olinishi, ularning mehnat huquqlari hamda boshqaruv kompetentligini shakllantiruvchi normativ-huquqiy mexanizmlar kompleks ravishda oʻrganildi. Tahlil beshta asosiy normativ-huquqiy hujjatga: Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-901-sonli Qonuniga (2024-yil 1-fevral), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan ta’til davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 263-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 681-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 30-iyundagi “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3271-son qarori hamda 2026-yil 9-iyundagi “Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi 3849-roʻyxatiga asoslanadi.
PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. O‘RQ-798-son, 2022-yil 28-oktabr.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son. 2020-yil 23-sentabr.

3. O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-901-son, 2024-yil 1-fevral.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 263-son Qarori.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 681-son Qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 5-iyundagi “Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlash haqida” gi 37-mh-son va 37-q-q-son qo‘shma Qarori. 3849 - ro‘yxat.

7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 30-iyundagi “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 3271-son qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-son Farmoni.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-79-son Farmoni.

10. OECD. TALIS 2018 Results (Volume I): Teachers and School Leaders as Lifelong Learners. Paris: OECD Publishing, 2019. https://doi.org/10.1787/1d0bc92a-en

11. Pont B., Nusche D., Moorman H. Improving School Leadership, Volume 1: Policy and Practice. Paris: OECD Publishing, 2008. https://doi.org/10.1787/9789264044715-en

12. Darling-Hammond L., Hyler M.E., Gardner M. Effective Teacher Professional Development. Palo Alto, CA: Learning Policy Institute, 2017. https://learningpolicyinstitute.org/product/effective-teacher-professional-development-brief