Abstract
Ushbu maqola Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya siyosatining hududiy jihatdan o'ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda viloyatning iqtisodiy tuzilishi, demografik holati, infratuzilmasi va tabiiy-geografik sharoitlari hisobga olingan holda, markazdan belgilanayotgan siyosatning mintaqaviy darajadagi amalga oshirilishi jarayonidagi mohiyatli farqlar tahli l qilinadi. Maqolada ilgari surilgan asosiy gipoteza shundan iboratki, Navoiy viloyatining sanoatga ixtisoslashgan rivojlanish modeli, yosh demografik tuzilmasi va keng hududiy tarqalishi ijtimoiy himoya tizimiga o‘ziga xos talablarni qo‘yadi, bu esa yagona dasturlarni moslashtirish zaruratini tug‘diradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, viloyatda pensiya ta’minoti va nogironlarga g‘amxo‘rlik qilish sohasidagi yutuqlarga qaramay, yoshlar bandligi, keng hududlarda ijtimoiy xizmatlarning etishmasligi va nodavlat sektorining kuchsizligi kabi muammolar saqlanib qolmoqda. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish uchun hududiy jihatdan differensiallashgan yondashuvlar taklif etilgan
References
1. Karimov, I. (2019). O‘zbekistonda ijtimoiy islohotlar: nazariya va amaliyot. Toshkent: O‘zbekiston.
2. Navoiy viloyati statistik boshqarmasi. (2022). Navoiy viloyatining demografik ko‘rsatkichlari. Navoiy.
3. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. (2023). Navoiy viloyati. Toshkent.
4. Rasulov, A. (2021). Navoiy viloyati iqtisodiyotini diversifikatsiyalash istiqbollari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 4, 45-58.
5. Spicker, P. (2014). Social Policy: Theory and Practice. Bristol: Policy Press.
6. Xodjayeva, M. (2020). O‘zbekistonda oilaviy siyosat: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar. Toshkent: Fan.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.