Abstract
Ushbu maqolada Xorazm viloyati (Shovot va Urganch tumanlari) Amudaryo boʻyi havzasidagi toʻqay ormonlarida yashovchi entomofaunaning fenologik xususiyatlari va mavsumiy rivojlanish qonuniyatlari oʻrganilgan. 2023–2025-yillar davomida uch mavsum — bahor (aprel–may), yoz (iyun–avgust) va kuz (sentyabr–oktyabr) boʻyicha olib borilgan dala kuzatuvlarida taksonomik, morfologik, faunistik, molekulyar-genetik, statistik, ekologik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Hasharotlar zichligi yoz mavsumida eng yuqori darajaga yetib, yillik umumiy zichlikning 43,8 foizini (21,6 ekz./m²) tashkil etdi, bahor mavsumi esa eng past ulushni — 25,2 foizni (12,4 ekz./m²) koʻrsatdi, kuz mavsumi esa 31,0 foiz (15,3 ekz./m²) bilan oraliq oʻrinni egalladi. Dominant turlar orasida Pyrrhocoris apterus umumiy zichlikning eng katta qismini (29,3%) tashkil etsa, Xylotrechus namanganensis eng kichik ulushni (12,5%) koʻrsatdi. Barcha mavsumlarda populyatsiya zichligining yillar boʻyicha barqaror ortishi qayd etildi, 2025-yilga kelib 2023-yilga nisbatan umumiy oʻsish 8,9 foizni tashkil etdi. Olingan natijalar toʻqay ekotizimlarini ekologik monitoring qilish va muhofaza qilishni rejalashtirish uchun empirik asos boʻlib xizmat qiladi.References
1. Badalova, M.F., Jumanazarova, N.J., Abdullaev, I.I. The mosquito Anopheles (A.) algeriensis Theobald, 1903 of north-western Uzbekistan [in Uzbek]. Bulletin of Khorezm Ma'mun Academy, Khiva, 2025, no. 6/1(127), pp. 19–23.
2. Bekchanova, M.X., Latipova, N.B., Jumadurdiyeva, B.D. The fauna of the tribe Smerinthini (Lepidoptera) distributed in the Khorezm oasis [in Uzbek]. Bulletin of Khorezm Ma'mun Academy, Khiva, 2025, no. 6/1(127), pp. 26–28.
3. Tajiyev, Z.R., Babajanov, I.T., Ollanazarov, S.B. A study of the bioecological characteristics of ants (Formicidae) under the conditions of the Khorezm oasis [in Uzbek]. Journal of Universal Science Research, 2025, vol. 3, no. 4, pp. 319–323.
4. Alimova, L.X., Sayfullayev, G'.M. Ecological and faunistic characterisation of darkling beetles (Tenebrionidae) of the lower Zarafshan region [in Uzbek]. Bulletin of Khorezm Ma'mun Academy, Khiva, 2025, no. 6/1(127), pp. 6–9.
5. Bekchanov, N.X. An identification key to the genera of apterous representatives of the tribe Tentyriini (Coleoptera: Tenebrionidae) of Uzbekistan [in Uzbek]. Bulletin of Khorezm Ma'mun Academy, Khiva, 2025, no. 6/1(127), pp. 24–26.
6. Atajanov, T.S., Doschanova, M.B., Mavlanov, X. Bioecological characteristics of Harpalus rufipes in meadow-alluvial soils of Khorezm region [in Uzbek]. Bulletin of Khorezm Ma'mun Academy, Khiva, 2025.
7. Bekchanov, X.U., Yavkachev, D.A. Species composition of Lepidoptera damaging medicinal plants in the Khorezm oasis [in Uzbek]. Bulletin of Khorezm Ma'mun Academy, Khiva, 2024, no. 5-1.
8. Muhtorova, I. A study of the entomofauna of beneficial insects [in Uzbek]. Universal International Scientific Journal, 2025, vol. 2, no. 4, pp. 185–189.