Abstract
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati hududida tarqalgan ziravor o‘simliklarning taksonomik tarkibi, hayotiy shakllari va ishlatilish imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi viloyat florasidagi ziravor o‘simlik turlarini APG IV tizimi asosida tahlil qilish, ularning oilalar bo‘yicha taqsimlanishini aniqlash hamda mahalliy ahamiyatini baholashdan iborat. Tadqiqot ma’lumotlari ilmiy adabiyotlar, gerbariy materiallari va dala kuzatuvlari asosida to‘plandi. Taksonomik aniqlash IPNI ma’lumotlariga tayangan holda amalga oshirildi, statistik tahlil Microsoft Excel 2019 dasturida bajarildi. Natijada Qashqadaryo viloyati florasida jami 43 tur ziravor o‘simlik aniqlanib, ular 12 oilaga mansub ekani aniqlandi. Turlar xilma-xilligi bo‘yicha Lamiaceae (30.2%) va Apiaceae (23.3%) oilalari ustunlik qilishi qayd etildi. Hayotiy shakllar tahlili ziravor o‘simliklarning asosiy qismini (51.2%) ko‘p yillik o‘tlar tashkil etishini ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida ayrim turlarning oziq-ovqat sanoati, an’anaviy tabobat va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati yoritildi. Olingan natijalar Qashqadaryo viloyati o‘simlik resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va ilmiy asosda baholash uchun muhim ahamiyatga ega.References
1. Жўрақулов О., Муҳаммадиев Н. Қашқадарё вилояти // Ўзбекистон энциклопедияси.– Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2005. – Т. 10. – 622-б.
2. The Angiosperm Phylogeny Group. An update of the Angiosperm Phylogeny Group classification for the orders and families of flowering plants: APG IV // Botanical Journal of the Linnean Society. — 2016. — Vol. 181, no. 1 (24 March). — P. 1-20. — https://doi.org/10.1111/boj.12385
3. International Plant Names Index (IPNI). https://www.ipni.org
4. Тожибаев К. Ш., Бешко Н. Ю., Шомуродов Х. Ф., Кодиров У. Х., Тургинов О. Т., Шарипова В. К. Кадастр флоры Узбекистана Кашкадарьинская область. — Ташкент: Изд-во «Фан» АН РУз., 2019. — 256 с.: (+ 96 c. вкл.).