ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA TETRADIUM DANIELLII NING BARGIDA SUVNI SAQLASH XUSUSIYATI VA HUJAYRA SHIRASINING OSMOTIK BOSIMI
PDF

Keywords

Tetradium daniellii
suvni saqlash xususiyati
osmotik bosim
hujayra shirasi
transpiratsiya
vegetatsiya davri
ekologik moslashuv
suv stressi
mavsumiy dinamika
fiziologik ko‘rsatkichlar.

How to Cite

ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA TETRADIUM DANIELLII NING BARGIDA SUVNI SAQLASH XUSUSIYATI VA HUJAYRA SHIRASINING OSMOTIK BOSIMI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(6), 665-671. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i06.092

Abstract

Mazkur maqolada Tetradium daniellii turining Andijon viloyati sharoitida bargida suvni saqlash xususiyati hamda hujayra shirasining osmotik bosimi ko‘rsatkichlari 2022–2024 yillar vegetatsiya davri davomida o‘rganildi. Tadqiqot natijalari barglarda suvni saqlash qobiliyati mavsumiy va yillik dinamikaga ega ekanligini ko‘rsatdi. Hujayra shirasining osmotik bosimi barcha yillarda aprel oyida eng past (13,6–14,3 atm.), avgust oyida esa eng yuqori (21,0–21,8 atm.) darajaga yetgani qayd etildi. Shuningdek, transpiratsiya jarayonining kunlik va mavsumiy dinamikasi ham aniqlanib, maksimal ko‘rsatkichlar kunning eng issiq soatlariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.Olingan natijalar Tetradium daniellii turining suvni tejash strategiyasi, ekologik plastikligi va tashqi muhit omillariga sezgirligini ilmiy jihatdan asoslab beradi hamda turning iqlim va tuproq sharoitlariga moslashuv darajasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
PDF

References

1.Raximova T.T. O‘simliklar ekologiyasi va fitotsenologiya fanlaridan metodik qo‘llanma. – Toshkent, 2009 – B. 65-70.

2. Mustaqimov. G.D. O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. – Toshkent, 1995. – B. 40-45.

3. Рахимова Т.У. Экология растений адырной зоны Узбекистана Ташкент: Университет,

1997. Часть I – С. 276.

4. Рахимова Т.У. Экология растений адырной зоны Узбекистана Ташкент: Университет,

1997. Часть II – С. 195.