Abstract
Mazkur maqolada emizikli ayollar ratsional ovqatlanishida mavsumiy oziq- ovqat mahsulotlarining o‘rni va ahamiyati baholangan. Tadqiqotning maqsadi Chiroqchi va Kasbi tumanlarida istiqomat qiluvchi emizikli ayollarning bahor va yoz mavsumlarida iste'mol qiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini tahlil qilish hamda mavsumiy o‘zgarishlarning ovqatlanish ratsioniga ta'sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda oziq-ovqat mahsulotlari go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, donli va dukkakli mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar, tuxum, baliq mahsulotlari hamda ko‘katlar guruhlariga ajratilib, ularning ratsiondagi ulushi qiyosiy baholandi. Tadqiqot natijalari donli va dukkakli mahsulotlar barcha yosh guruhlarida eng yuqori ulushni tashkil etishini ko‘rsatdi. Bahor mavsumida go‘sht, sut va don mahsulotlari iste'moli ustunlik qilgan bo‘lsa, yoz mavsumida mevalar va sabzavotlar iste'moli sezilarli darajada oshganligi aniqlandi. Shuningdek, baliq mahsulotlari va ko‘katlar iste'molida ham mavsumiy tafovutlar kuzatildi. Olingan natijalar mavsumiy oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi emizikli ayollar ratsionining sifat va xilma-xilligiga bevosita ta'sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari emizikli ayollar uchun ratsional ovqatlanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.References
[1] Dietary Guidelines Advisory Committee. Food, Beverage and Nutrient Consumption During Lactation. Washington, DC, 2020.
[2] UNICEF. Programming Guidance: Maternal Nutrition. Prevention of Malnutrition in Women Before and During Pregnancy and While Breastfeeding. New York: UNICEF, 2021.
[3] Carretero-Krug A., Montero-Bravo A., Morais-Moreno C., et al. Nutritional Status of Breastfeeding Mothers and Impact of Diet and Dietary Supplementation: A Narrative Review. Nutrients. 2024;16(2):301.
[4] Kigutha H.N., van Staveren W.A., Wijnhoven T.M.A., Hautvast J.G.A.J. Maternal nutritional status may be stressed by seasonal fluctuations in food availability: Evidence from rural women in Kenya. International Journal of Food Sciences and Nutrition. 1995;46(3):247–255.
[5] Wang D., et al. Analysis of dietary patterns and nutritional adequacy in lactating women: a multicentre European cohort (ATLAS study). Journal of Nutritional Science. 2021;10:e17

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Shohimardonova Boynazar qizi Aziza, Yorqin Shokirovich Rahmatullayev (Author)