Abstract
Onobrychis Mill. Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil va tog‘li hududlarida muhim floristik komponent bo‘lsa-da, O‘zbekiston miqyosida uning turlar boyligi va tor tarqalganlik markazlari fazoviy jihatdan yetarlicha baholanmagan. Ushbu tadqiqotda GBIF, iNaturalist, Plantarium va dala kuzatuvlaridan yig‘ilgan 334 ta koordinata tekshirilib, O‘zbekiston chegarasi ichida joylashgan 330 ta koordinata va 11 tur tahlilga kiritildi. Mamlakat hududi 10 × 10 km o‘lchamdagi 4 844 ta grid katakka ajratildi. H1977ar bir katak uchun turlar boyligi (SR), vaznli endemizm (WE), tuzatilgan vaznli endemizm (CWE) va namuna zichligi hisoblandi. Faqat 95 ta gridda kamida bitta tur qayd etildi. Eng yuqori boylik Bobotog‘– Surxondaryo vodiysi tog‘oldi sektori va Boysun–Boysuntog‘ hududida kuzatilib, har birida beshtadan tur qayd etildi. O. chorassanica 176 koordinata va 63 grid bilan eng keng qayd etilgan tur bo‘ldi. Aksincha, Nurota tog‘laridagi O. gontscharovii va Qizilqumdagi O. tavernierifolia maksimal WE va CWE qiymatlarini (1.0) hosil qildi. Natijalar turlar boyligi markazlari bilan tor tarqalganlik markazlari fazoviy jihatdan mos kelmasligini ko‘rsatadi. Shu bois Onobrychis xilma-xilligini muhofaza qilishda janubiy tog‘li hotspotlar hamda Nurota–Qizilqumdagi lokal populyatsiyalar bir-birini to‘ldiruvchi ustuvor hududlar sifatida qaralishi lozim.References
1. Abdullaeva, M. N., Vinogradova, R. M., Kamelin, R. V., Kovalevskaya, S. S., Li, A. D., Linczevsky, I. A., Nabiev, M. M., Pakhomova, M. G., Pratov, U. P., Sarkisova, S. A., Tulyaganova, M., Filimonova, Z. N., Khassanov, U. K., Tsukervanik, T. I., & Shermatov, G. M. (1981). Opredelitel’ rastenii Srednei Azii: kriticheskii konspekt flory. Tom VI. Leguminosae. Fan.
2. Ahangarian, S., Kazempour-Osaloo, S., & Maassoumi, A. A. (2007). Molecular phylogeny of the tribe Hedysareae with special reference to Onobrychis (Fabaceae) as inferred from nrDNA ITS sequences.
3. Amirahmadi, A., Kazempour-Osaloo, S., Kaveh, A., Maassoumi, A. A., & Naderi, R. (2016). The phylogeny and new classification of the genus Onobrychis (Fabaceae–Hedysareae): evidence from molecular data. Plant Systematics and Evolution, 302, 1445–1456. https://doi.org/10.1007/s00606-016-1343-1
4. Graham, P. H. (2008). Ecology of the root-nodule bacteria of legumes. In Nitrogen-Fixing Leguminous Symbioses (pp. 23–58). Springer.
5. R Core Team. (2020). R: A language and environment for statistical computing. R Foundation for Statistical Computing.
6. Shomurodov, H. F., Abduraimov, O. S., Khayitov, R. S., & Saribaeva, S. U. (2021). Assessment of the state of Onobrychis tavernierifolia Stocks ex Boiss. cenopopulations in southwestern Kyzylkum, Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 12, 1043–1050. https://doi.org/10.4236/ajps.2021.127072
7. Tojibaev, K., Beshko, N., Karimov, F., Batoshov, A., Turginov, O., & Azimova, D. (2014). The database of the flora of Uzbekistan. Journal of Arid Land Studies, 24(1), 157–160.
8. Volis, S., Belolipov, I. V., Asatulloev, T., & Turgunov, M. (2023). Role of endemism and other factors in determining the introduction success of rare and threatened species in Tashkent Botanical Garden. Journal of Zoological and Botanical Gardens, 4(2), 325–334.
