Abstract
Maqolada turkiston oʻlkasi mahalliy aholisiga Rossiya
imperiyasi tomonidan mahalliy boshqaruvga kiritilgan huquqiy-meyoʼriy talabalar
va oʻzgarishlar, yer-mulkka egalik qilish, sotish va sotib olish, olti-sotti holatini
rasmiylashtirish, vasiylik tartiblari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Tadqiqot
jarayonida tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, tasniflash,
muammoviy-xronologik hamda fanlararo yondashuv kabi usullardan foydalanilgan.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida roʻy bergan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy
oʻzgarishlar, boshqaruv tizimi, mahalliy aholi vakillarining jamiyat hayotidagi
ishtiroki, huquqiy munosabatlar, qozilik mahkamasi faoliyati, huquqiy-meʼyoriy
hamda notarial hujjatlar masalalarini kiritish mumkin. Islomiy hujjatlar xususan,
qozilik mahkamasi hujjatlari maʼlum bir anʼanalar asosida rasmiylashtirilgan va
ularda qozining muhri, yozma qarori, masala yuzasidan dalili keltirilgan boʻlishi
shart qilingan. Turkistonda xalq sudya(qozi)larining huquqiy meʼyorlar
legalizatsiyasi jarayonida ushbu holatlar saqlanib qolingan boʻlsa-da ayrim
oʻzgarishlar ham kuzatiladi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.