Abstract
Insoniyat o‘qish, yozish, tasavvur qilish ko‘nikmalari shakllangan zamonlardan buyon ma’naviy-ma’rifiy olamini hamda tafakkurini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratib kelayotgan mavjudotdir. Alloh aql va idrok, halimlik va kamtarlik, olijanoblik va saxovatpeshalik tuyg‘ularini odam qalbiga jo qilganligini anglab yetgan davrlardan boshlab hikmatlarga oshuftalik ruhida kamol topadi. Adabiyotning spetsifikatsiyasi (o‘ziga xosligi) ham, janrning tarixiy, tadrijiy taraqqiyoti ham ana shu tarbiya bilan bog‘liq uyg‘un holda barkamollik kasb etishi o‘sha zamonlar odamlari uchun muhim sanalgan. Ushbu maqolada janrning o‘ziga xos xususiyatlari batafsil tahlilga tortilgan.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.