Abstract
Hozirgi kunda zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalariga asoslangan aralash, masofaviy, modulli va vebinar texnologiyalari
ko‘rinishidagi ta’lim shakllarida pedagogik dasturiy vositalarning imkoniyatlaridan keng
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur maqolaning maqsadi pedagogik dasturiy
vositalarning didaktik imkoniyatlarini o‘rganish va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv
jarayonida samarali foydalanishga e’tibor qaratish masalalariga bag‘ishlangan.
Mavzuning ilmiy rivojlanganlik darajasini ochib beruvchi nazariy va amaliy xarakterdagi
tadqiqotlar umumlashtirilib, o‘rganildi. Maqolada o‘rgatuvchi dasturlar, mashq dasturlari,
test dasturlari va virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi pedagogik dasturiy vositalarning
mazmun-mohiyati, afzalliklari va imkoniyatlari ochib berilgan. Bundan tashqari oliy
ta’limda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda pedagogik dasturiy vositalar asosida
yaratilgan elektron resurslardan namunalar keltirilgan. iSpring dasturidan foydalanib
yaratilgan nostandart elektron testlar, 3D o‘lchamli kitoblar, hamda Hot Potatoes dasturi
orqali tuzilgan elektron krossvordlar shular jumlasidandir. Shuningdek, “SWOT” tahlili
metodi orqali ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarning afzalliklari va
kamchiliklarining qiyosiy tahlili keltirilgan. O‘rganish va tahlillardan kelib chiqib, oliy
ta’lim muassasalarida pedagogik dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlaridan
samarali foydalanishga doir taklif va mulohazalar berildi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.