Abstract
Ko‘pgina tadqiqotlar onkosupressor Chek2 genining 1100delC
(rs555607708) polimorfizmi va ko‘krak bezi saratoni (KBS) rivojlanishi o‘rtasidagi
bog‘liqlik mavjudligini tasdiqladi.
Tadqiqotda 1100delC variantining o‘zbek populyatsiyasida (jami 300 namuna)
uchrash chastotasini aniqlash, genetik muvozanatni baholash hamda kasallikka moyillikka ta’sirini statistik jihatdan tahlil qilishdan iborat. Bemor va nazorat guruhlaridan olingan DNK namunalarida PCR usuli orqali genotiplash amalga oshirildi. Olingan ma’lumotlar o‘rganilayotgan guruhlarda genotiplarni nazariy va amalda olingan chastotalari ko‘rsatkichlari juda yaqinlinini, ya’ni HWE muvozanati bo‘zilmaganligini, C/G genotip va Ki67 markyori o’rtasida ehtimoliy biologik bog’liqlik mavjudligini, ko’rsatadi, 1100delC polimorfizmining C/G genotipi ko‘krak bezi saratonining rivojlanish xavfini (OR=2.0; RR=2.0) 2 marta oshirishi aniqlandi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.