Abstract
Mazkur maqolada tibbiyot talabalarida kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Sog‘liqni saqlash tizimida samarali muloqot kasbiy muvaffaqiyatning muhim omili sifatida qaralib, bo‘lajak shifokorlarning bemor, hamkasb va jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarida kommunikativ madaniyatning o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda kommunikativ kompetentlikning tarkibiy qismlari – empatiya, ijtimoiy persepsiya, refleksiya, verbal va noverbal muloqot ko‘nikmalari, nizolarni konstruktiv hal etish qobiliyati kabi jihatlar ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan asoslab beriladi. Shuningdek, guruhiy dinamika, ijtimoiy identifikatsiya, rolli o‘yinlar, trening texnologiyalari va interfaol ta’lim metodlarining talabalar kommunikativ salohiyatini oshirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada oliy tibbiy ta’lim jarayonida kommunikativ kompetentlikni shakllantirishning samarali yo‘llari hamda uni rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar yuzasidan ilmiy xulosalar bayon etiladi.References
1. Abulkhanova-Slavskaya, K.A. Shaxs faoliyati va hayot strategiyasi. – Moskva: Nauka, 1991.
2. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.
3. G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.
4. Qodirov B.R. Kasbiy psixologiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2015.
5. Nishonova Z.T. Pedagogik psixologiya. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti, 2012.
6. Yuldashev B.A. Tibbiyot psixologiyasi va deontologiya asoslari. – Toshkent: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2019.
7. Raximov A.R. Pedagogik mahorat va kommunikativ kompetentlik. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
8. Olimov S.S. Kasbiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasi. – Toshkent: Innovatsiya,