Abstract
Ushbu maqolada raqamlashtirish sharoitida ingliz tilini o‘qitish (ELT) jarayonida o‘quvchilarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi ko’rib chiqiladi. Tadqiqot o‘quvchi avtonomiyasiga oid asosiy nazariy manbalar, mobil vositalar yordamida til o’rgatish (MALL) sohasidagi so‘nggi amaliy ishlar, vazifaga asoslangan ta’lim (TBL) va tanqidiy pedagogika tamoyillariga tayanadi. Maqolada quyidagi asosiy masala ilgari suriladi: mustaqil ta’lim ko‘nikmalari raqamli vositalarga kirish imkoniyatining tabiiy natijasi sifatida emas, balki pedagogik jihatdan puxta o‘ylangan ta’lim jarayonining mahsuli sifatida yuzaga keladi. 1991-2025 yillar orasida nashr etilgan o‘nta manba - monografiyalar, ilmiy jurnal maqolalari va amaliyot asosidagi tadqiqotlar - tahlil qilinib, uchta asosiy yo‘nalish aniqlandi: (1) raqamli vositalarga ega bo‘lish bilan talaba avtonomiyasi o‘rtasidagi tafovutni aniq belgilash zarurati; (2) mustaqil ta;lim jarayonini yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlashda o‘qituvchining raqamli savodxonligi hal qiluvchi omil ekanligi; (3) barqaror mustaqil o’quv faoliyatini shakllantirishda refleksiv, vazifaga asoslangan va tanqidiy yondashuvlarning ahamiyati. Maqola amaliy xulosalar va keyingi ilmiy izlanishlar uchun takliflar bilan yakunlanadi.References
1. Benson, P. (2011). Teaching and researching learner autonomy (2-nashr). Pearson Longman.
2. Brown, H. D. (2007). Teaching by principles: An interactive approach to language pedagogy (3-nashr). Pearson Longman.
3. Chen, X. (2025). Critical learner autonomy in the digital language-learning context. TESOL Journal. https://doi.org/10.1002/tesj.906
4. Dove, M. G., Honigsfeld, A., & Cohan, A. (2022). Digital-age teaching for English learners. Corwin.
5. Ellii. (2023). 7 ways to develop learner autonomy in the ELT classroom. Ellii Blog. https://ellii.com/blog/7-ways-to-develop-learner-autonomy-in-the-elt-classroom
6. Language Issues: ESOL Journal. (2024). Learner autonomy in ESOL education: Embracing digital skills. Language Issues, https://doi.org/10.6084/m9.figshare.c.7467851
7. Little, D. (1991). Learner autonomy: Definitions, issues and problems. Authentik.
8. Little, D., Dam, L., & Legenhausen, L. (2017). Language learner autonomy: Theory, practice and research. Multilingual Matters.
9. Nunan, D. (2004). Task-based language teaching. Cambridge University Press.
10. Ozturk, G., & Cakiroglu, U. (2015). Digital technology use in ELT classrooms and self-directed learning. Academia.edu. https://www.academia.edu/35535667
11. Roy, S., & Gandhimathi, A. (2025). Self-directed learning for optimizing sustainable language learning via MALL: A systematic review. Frontiers in Education, 9. https://doi.org/10.3389/feduc.2024.1463721