Abstract
Mazkur maqolada integrallashgan raqamli ta’lim muhitida o‘qituvchi kompetensiyalarini rivojlantirishning zamonaviy modeli ishlab chiqiladi va tahlil qilinadi. Jahon ta’lim tizimida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirishga oid mavjud yondashuvlar o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida raqamli ta’lim muhitini samarali tashkil etish, o‘qituvchilarning pedagogik, texnologik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Tadqiqot tahliliga ko‘ra muammo sifatida raqamli savodxonlikning yetarli emasligi, ta’lim platformalaridan fragmentar foydalanish, pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalari integratsiyasining sustligi aniqlanadi. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishda uchrayotgan muammolar ham ularni bartaraf etish yo‘llari yoritildi. Tadqiqot natijasida integrallashgan raqamli ta’lim muhitida o‘qituvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan modelning nazariy asoslari ishlab chiqiladi va uning samaradorligini ta’minlovchi omillar aniqlandi. Taklif etilgan model ta’lim muassasalarida amaliyotga joriy etish uchun tavsiya etiladi.References
1. Mishra P., Koehler M. Technological Pedagogical Content Knowledge Framework – New York.: Routledge Publishing, 2006. – 101 bet.
2. UNESCO. ICT Competency Framework for Teachers – Paris.: UNESCO Publishing,
3. – 64 bet.
4. Bates A. Teaching in a Digital Age – Vancouver.: Tony Bates Associates, 2019. – 520 bet.
5. Anderson T. The Theory and Practice of Online Learning – Edmonton.: Athabasca University Press, 2017. – 472 bet.
6. Muslimov N.A. Pedagogik kompetentlik va uni rivojlantirish – Toshkent.: Fan va texnologiya, 2015. – 180 bet.
7. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar – Toshkent.: Fan, 2017. – 224 bet.
8. Xodjayev B.X. Ta’limda innovatsion texnologiyalar – Toshkent.: Tafakkur, 2020. – 210 bet.
9. Umarova F.A. Methodology of training students in design and modeling of clothes using information communication technologies – Revista Geintec-Gestao Inovacao E Tecnologias 11 (2), 749-755
10. Umarova F.A., Umarova Z.A., Umarov X.A. Scientific and practical bases of creation and use of electronic educational resources in educational process – European Journal Research Reflection Educational Sciences