Abstract
Mazkur maqolada internet kommunikatsiyasida noverbal vositalarning o‘rni va ularning kommunikativ jarayondagi funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida internet muloqotida qo‘llaniladigan emoji, emotikon, stiker, GIF tasvirlar hamda audio va video xabarlar kabi noverbal elementlarning kommunikativ ahamiyati ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, internet kommunikatsiyasida noverbal vositalar emotsiyalarni ifodalash, nutqiy xabarni kuchaytirish va kommunikativ mazmunni aniqlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ushbu vositalar muloqot jarayonida axborotni idrok etishni osonlashtiradi va suhbatdoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik masofani qisqartirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari internet kommunikatsiyasida noverbal vositalarning zamonaviy lingvistik va pragmalingvistik tadqiqotlar uchun muhim ilmiy yo‘nalish ekanligini ko‘rsatadi.References
1. Abdullayeva Z.M. Noverbal va verbal signallar orqali muloqotda axborotni idrok etish // The Lingua Spectrum. – Toshkent, 2025. – B. 160–164.
2. Abdurazzakova M. Noverbal muloqot va uning kommunikatsiyadagi o‘rni // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – Farg‘ona,
3. – B. 535–538.
4. Cherry C. On Human Communication: A Review, A Survey and A Criticism. – London, 1956. – 217 p.
5. Gordon G.N. Communication and Media: Constructing a Cross-Discipline. – New York: Hastings House, 1975. – 29 p.
6. Hall E.T. The Hidden Dimension. – Garden City, New York: Doubleday, 1966. – 41
7. Ivanenko K.S. Non-Verbal Communication on the Internet // 60-я Юбилейная научная конференция аспирантов, магистрантов и студентов БГУИР. – Minsk, 2024. – B.
8. Karimov N., Otamirzayev O. Noverbal muloqot turlari va ularning ahamiyati // Research Focus International Scientific Journal. – Namangan, 2025. – B. 204–206.
9. Pierce J.R. Symbols, Signals and Noise: The Nature and Process of Communication. – New York: Harper & Brothers, 1961.
10. Smith A.G. (ed.) Communication and Culture. – New York: Holt, Rinehart and Winston, 1966.
11. Yusupova Z. Noverbal kommunikativ vositalar tadqiqi // Tamaddun nuri ilmiy jurnali. Urganch,