Abstract
Ushbu maqolada T. Malik ijodida xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot, jahon adabiyoti durdonalari hamda zamondosh adiblari ijodining ta’siri masalasi haqida so’z yuritiladi. “Tiriklik suvi” hikoyasida Ibn Sinoning mo’jizaviy dori ya’ni, Xizriob tayyorlash voqeasi keltirilgani, unda afsonaviy Xizr obraziga ishora qilingani, xalq orasida mashhur bo’lgan Ibn Sinoning insonga abadiy umr tuhfa etuvchi dori yaratganligi haqidagi rivoyatlarga ishoralar mavjudligi tahlilga tortilgan. Shuningdek, maqolada zamondosh adiblar Mahkam Mahmudov va Tohir Malikning ayni bir fantastik mavzudagi hikoyasi mavjudligi ham adabiy ta’sirning yana bir isboti ekanligi dalillangan. Har ikkala asarning ham eng asosiy jihati shundaki, tabiatan teskariko’z bo’lmagan obrazlarning haqiqiy teskariko’zlilardan ham tubanroq bo’lib ketganligi g‘oyasi ilgari surilgan.References
1. Махмудов М. Мангу куй излаб. “Ғафур Ғулом”. Тошкент, 1979. 216б. - Б. 125.
2. Malik T. Po‘rtanali ummonda suzar hayot qayig‘i. “Sharq”. Toshkent: 2016. 522b. – B.35.
3. Malik T. Teskari ko’zlar. "DAVR PRES". Toshkent: 2019. 222b – B. 51.
4. Малик Т. Тириклик суви. “Ёш гвардия”. Тошкент-1984. 160 б. - Б. 109.
5. Обиджонова М. Инглиз ва узбек фантастик хикоячилиги: оригинал ва муштарак тенденциялар(Рей Бредбери ва Хожиакбар Шайхов ижоди мисолида). Филол. фан. номз. ... дисс. – Toшкент, 2022. 119б. – Б. 45.
6. Қувватова Д. Ўзбек илмий-бадиий фантастикасида фолклор мотивлари. Филол.ф.н. ... дисс. – Toшкент, 1997. – 119 б. - Б. 23.