Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz xalq ertaklarida uchraydigan sehrli raqamlarning funksional-semantik xususiyatlari qiyosiy-tipologik asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda folklor matnlarida faol qo‘llanuvchi 3, 7 va 40 sonlarining nafaqat miqdor bildiruvchi birlik, balki mifopoetik tafakkur mahsuli bo‘lgan ramziy kod sifatidagi o‘rni yoritiladi. Sehrli raqamlarning kelib chiqishi mifologik dunyoqarash, arxaik tafakkur, kosmogonik modellar hamda kollektiv xalq xotirasi bilan bog‘liqligi asoslab beriladi. Tahlil jarayonida 3 sonining kompozitsion qurilish, sinov va takroriylik modeli; 7 sonining sakral, kosmologik va mukammallik semantikasi; 40 sonining esa ko‘plablik, davomiylik va mubolag‘a ma’nolarini ifodalashi dalillar asosida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, o‘zbek va ingliz folklorida mazkur raqamlarning syujetni rivojlantirish, qahramon harakatini bosqichlash, epik vaqt va makonni modellashtirish, badiiy ekspressivlikni kuchaytirish kabi vazifalari qiyosiy jihatdan ochib beriladi. Tadqiqot natijalari sehrli raqamlar turli xalqlar folklorida umumiy arxaik ildizlar va inson tafakkurining universal qonuniyatlari asosida shakllanganini, shu bilan birga har bir milliy an’anada o‘ziga xos semantik va poetik xususiyat kasb etishini ko‘rsatadi
References
1. Afzalov M., Rasulova X., Husainova Z. O‘zbek xalq ertaklari: III jildlik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2007. – 370 b.
2. Dundes A. The Study of Folklore. – Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall, 1965. – 481 p.
3. Eliade M. The Sacred and the Profane: The Nature of Religion. – New York: Harcourt, Brace & World, 1959. – 256 p.
4. Gulpari. Namangan ertaklari / O‘zbek xalq ijodi. Nashrga tayyorlovchi: T. G‘oziboyev. – Toshkent, 1969. – B. 33–34.
5. Ingliz xalq ertaklari / Tarjimon R. Otaboyeva, rassom L. Basharova. – Toshkent: Sharq, 2019. – 72 b. (Matn o‘zbek va ingliz tillarida).
6. Иванов В.В., Топоров В.Н. Исследования в области славянских древностей. – М.: Наука, 1974. – 244 c.
7. Jo‘rayev M. O‘zbek xalq ertaklarida sehrli raqamlar. – Toshkent, 1991. – 154 b.
8. Kenja botir. Ertaklar. – Toshkent: Fan, 1973. – 128 b.
9. Mirzayev T., Turdimov Sh., Jo‘rayev M., Eshonqulov J., Tilavov A. O‘zbek folklori: darslik. – Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2020. – 240 b.
10. O‘zbek xalq ertaklari / Collector and painter Husan Sodiqov. – Toshkent: Sharq, 2015. – 112 b. (Matn o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
11. Propp V. Ya. Исторические корни волшебной сказки. – Л.: Изд-во Ленинградского университета, 1946. – 364 c.
12. Susambil: O‘zbek xalq ertaklari. – Toshkent: O‘zbek milliy ensiklopediyasi, 2018. – 144 b.
13. Sehrli ertaklar. O‘zbek xalq ertaklari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009. – 408 b.
14. Tylor E.B. Primitive Culture. – London: John Murray, 1871. – Vol. 1. – 443 p.
15. Xalikova M.X. Turli tizimli tillarda sonlar nominatsiyasining lingvomadaniy tavsifi: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Buxoro, 2024. – 52 b.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.