Abstract
Mazkur maqolada oilada mediasavodxonlikni rivojlantirishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati hamda ota-ona–farzand munosabatlarining bu jarayondagi o‘rni yoritilgan. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va internet tarmoqlarining keng ommalashuvi natijasida yosh avlodning turli media axborotlarga duch kelishi kuchayib borayotgani tahlil qilinadi. Shu nuqtai nazardan, oilada sog‘lom media muhitni shakllantirish, farzandlarda tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish va undan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishning muhim jihatlari ochib berilgan. Tadqiqotda ota-onalarning mediasavodxonlik darajasi farzandlarning media madaniyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Shuningdek, ota-ona va farzand o‘rtasidagi samimiy muloqot, o‘zaro ishonch va nazoratning uyg‘unligi yoshlarni zararli axborot tahdidlaridan himoya qilishda muhim omil ekani ta’kidlangan. Maqolada oilaviy ta’lim muhitida mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham ilgari surilgan.References
1. Karimov I. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent, 2008.
2. Qosimova M. “Media ta’lim asoslari”. – Toshkent, 2021.
3. Yo‘ldoshev J. “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”. – Toshkent, 2020.
4. Qozoqboyev T. Mediasavodxonlik asoslari. – Toshkent, 2021.
5. To‘xtayev B. Yoshlar mediasavodxonligini rivojlantirish masalalari. — Toshkent, 2021. — B. 22.
6. Федоров А. – Медиаграмотность и медиобразование. Москва: ЮНИТИ-ДАНА,
7. Полякова Т. – Информационная культура школьников. Санкт-Петербург: Питер,
8. Fatyanova I. Media pedagogika asoslari. — Moskva, 2018. — B. 45.
9. McLuhan M. Understanding Media: The Extensions of Man. — New York: McGraw- Hill, 1964. — B.
10. Vygotsky L.S. Mind in Society. — Harvard University Press, 1978. — P. 56.
11. Buckingham D. Media Education: Literacy, Learning and Contemporary Culture. — Cambridge,

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Shohsanam Akram qizi Arobova (Author)