Abstract
Ushbu tadqiqot Koʻhiston okrugi (Oʻzbekiston qismi) dendroflorasining balandlik mintaqalari bo‘yicha taqsimlanishi va turlar boyligining ekologik omillar bilan bog‘liqligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot 500–3500 m balandlikdagi adir, tog‘ va yaylov mintaqalarini qamrab olgan. Natijalar dendroflora turlarining eng yuqori boyligi tog‘ mintaqasida (1500–2700 m) jamlanganini ko‘rsatdi (102 tur), adir mintaqasida 91 tur, yaylov mintaqasida esa 24 tur qayd etildi. Har 100 metr kesimidagi tahlil 1700–1800 m oralig‘ida turlar sonining maksimal ekanligini aniqladi, bu qulay iqlim va tuproq sharoitlari bilan izohlanadi. Shimoliy Turkiston va Molguzar tog‘ tizmalari taqqoslanganda, shimoliy Turkiston makroekspozitsiyasida turlar xilma-xilligi yuqoriroq ekani aniqlandi.
References
1. Закиров К.З. К проблеме зональности и терминологии ботанической географии в Средней Азии. Высотные пояса долины Зеравшана. "Бюллетень Среднеазиатского гос. ун-та", 1947, вып. 25. – С. 69-103.
2. Определитель растений Средней Азии. Критический конспект флоры. В I-X. Т. - Ташкент: Фан, 1968 – 2015. – С. 276.
3. Daminova N.E. Fargona vodiysi dendroflorasi: Diss. ...Biol. f.f.d. – Toshkent, 2023. – 277 b.
4. Камелин Р.В. Кухистанский округ горной Средней Азии. Ботанико-географический анализ. – Л.: Наука, 1979. – 166 с.
5. Di Biase L., Pace L., Mantoni C., Fattorini S. Variations in Plant Richness, Biogeographical Composition, and Life Forms along an Elevational Gradiyent in a Mediterranean Mountain. //Plants. 2021. T. 10. №10. – P. 2090

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.