Abstract
Ma’lumki, tilning eng asosiy komponenti tovushlar va bu tovushlarga mos keladigan harflardir. Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz, harflarni esa ko‘ramiz, o‘qiymiz va yozamiz. Tovushlar akustik birlik hisoblanib, tilshunoslikning fonetika bo‘limida o‘rganiladi, harflar esa tovushlarning yozuvdagi grafik belgisi hisoblanib, tilshunoslikning grafika bo‘limida o‘rganiladi. Harflar tovushlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Tovush og‘zaki nutqda talaffuz qilinadigan, o‘pkadan chiqayotgan havoning halqum orqali og‘iz bo‘shlig‘idagi a’zolar: til, tish, lab va burun bo‘shlig‘iga tegib, turli-tuman tovushlarni hosil qiladi – artikulyatsiyasi natijasida yuzaga keladi. Tovushlar paydo bo‘lish usuli va qayerda paydo bo‘lishiga qarab tasniflanadi. Dunyoda mavjud deyarli barcha tillarda tovushlar ikki yirik guruhga ajratiladi: 1) unli tovushlar; 2) undosh tovushlar. Xususan, turk va o‘zbek tillarida ham shunday tasnif mavjud bo‘lib, ayrim o‘ziga xos jihatlari bilan tovush va harflar tizimi farqlanadi. Mazkur maqolada har ikki tildagi o‘xshash va farqli jihatlar farqlandi. Raqamli texnologiyalar rivojlangan ayni paytda va NLP yo‘nalishlaridan morfologik tahlil, mashina tarjimasi, matnlarni ovozlashtirish, nutqni tanish jarayonlarini takomillashtirish hamda avtomatik talaffuzdagi xatoliklarni bartaraf etish uchun ham ikki tilning fonetik va grafik xususiyatlari ushbu maqolada tadqiq etildi.References
[1] Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish: Darslik – Toshkent: Sharq, 2010. – 176 b.
[2] Eşref Adalı. (2024). Turkçenin Mantığı. Akademik Bilişim Vakfı Yayınları. – İstanbul. – 333 s.
[3] Eşref Adalı. (2020). Türkçe Doğal Dil İşleme. – Ankara. – 754 s.
[4] Kizilkaya S., Levy-Forsythe Z., Von Heusinger K. (2020). Affectedness and Differential Object Marking in Turkish and Uzbek. Linguistics (2022) 60(6) 1907-1941
[5] Amanova, L. (2014). Türkiye Türkçesindeki Deyim ve Atasözlerin Özbek Türkçesine Aktarma Problemi. Türkiye Sosyal Araştırmalar Dergisi, 183, s. 167-177.
[6] Abjalova, M., Rashidova, U., Hasanov, A. Creating a phraseological base for the Uzbek↔Turkish automatic translation program. International Scientific and Practical Conference on Actual Problems of Mathematical Modeling and Information Technology. AIP Conf. Proc. 3147, – pp. 040023-1–040023-5; https://doi.org/10.1063/5.0210705
[7] Abjalova M., Eşref Adalı, Adilova M. “The Process of Lemmatization and Stemming in the Automatic Morphological Analysis of Uzbek Texts,” 9th International Conference on Computer Science and Engineering (UBMK), 26-28 october,
2024. Antalya, Turkiye, – pp. 101-106.
[8] Abjalova M., Rashidova U., Eşref Adalı. “Özbekçe-Türkçe Otomatik Çeviri Yazılımı için Deyimlerin Veritabanını Teşkil Etmede Karşılaşılan Güçlükler,” 9th International Conference on Computer Science and Engineering (UBMK), 26-28 october,
2024. Antalya, Turkiye, – pp. 1236-1240.
[9] Kocaoğlu, T. (2018). Türkbilim (Türkoloji)’de Özbekçenin Ünlü Sesleri ile Büyük Ünlü Uyumu Sorunu Üzerine. Leyla Karahan (Ed.), Türklük Biliminin Ulu Çınarı Zeynep Korkmaz Armağanı (s. 241-262). Ankara: Türk Kültürünü Araştırma Enstitüsü Yayınları.
[10] İmer, K., Kocaman, A., Özsoy, S. A. (2011). Dilbilim Sözlüğü. İstanbul: Boğaziçi Üniversitesi Yayınları.11.Gökdayı, H. (2008). Türkçede Kalıp Sözler. Bilig, Kış, S. 44, s. 89-110.
[11] Gökdayı, H. (2008). Türkçede Kalıp Sözler. Bilig, Kış, S. 44, s. 89-110

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Abdurashetovna Abjalova Manzura (Author)
