Abstract
Mazkur maqola ingliz tilidan o‘zbek tiliga metafora tarjimasining kognitiv va lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda metafora nafaqat stilistik va badiiy ifoda vositasi, balki konseptual tafakkur, milliy dunyoqarash hamda madaniy xilma-xillikning ifodasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqot metafora tarjimasining nazariy asoslarini kognitiv lingvistika va lingvomadaniyatshunoslik doirasida tahlil qilib, tarjima jarayonida til, madaniyat va inson tafakkuri o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yoritadi. Ayniqsa, badiiy diskursdagi metaforik birliklarni tarjima qilishda semantik, pragmatik va estetik ekvivalentlikni saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada metaforik ma’nolarning shakllanishida madaniy kontekst va konseptual tizimlarning o‘rni ham ko‘rsatib beriladi. Metafora tarjimasida qo‘llaniladigan asosiy strategiyalar, jumladan so‘zma-so‘z tarjima, ekvivalentlik, demetaforizatsiya va madaniy moslashtirish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotda metafora tarjimasining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash hamda til va madaniyat o‘rtasidagi farqlarning tarjima natijalariga ta’sirini ochib berish maqsadida qiyosiy chog‘ishtiruv metodidan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari metaforalarni muvaffaqiyatli tarjima qilish nafaqat lingvistik kompetensiyani, balki kognitiv modellar va milliy-madaniy qadriyatlarni chuqur anglashni ham talab qilishini ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot metafora tarjimasini o‘rganishda fanlararo yondashuvlarning ahamiyatini yoritish orqali zamonaviy tarjimashunoslik rivojiga hissa qo‘shadi.References
1. Oliynyk, T. Metaphor Translation Methods. International Journal of Applied Science and Technology. 2014. – pp. 123–127.
2. Qobuljonova, G.K. Metaforaning sistemaviy lingvistik talqini. T.: 2000. – 33 b.
3. Richards, I.A. The Philosophy of Rhetoric. New York; London: Oxford University Press. 1936. – 151 p.
4. Rofiyeva, G.Y. O‘zbek tilidan fransuz tiliga konseptual metaforalar tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari. T.: 2020. – 11 b.
5. Schäffner, C. Metaphor and Translation: Some Implications of a Cognitive Approach. Journal of Pragmatics. 2004. – pp. 1253–1269.
6. Sodiqova, N. B. (2025). The scientific interpretation and cognitive foundations of metaphor (Trans.). London International Monthly Conference on Multidisciplinary Research and Innovation (LIMCMRI), 1(2), 414–417. https://worldsiencepub.com/index.php/lmc/article/view/274
7. Степанов, Ю.С. Константы: Словарь русской культуры. М.: Академический проект. 2004. – 992 с.
8. Taheri-Ardali, M., Bagheri, M., Eidy, R. Towards a New Model to Metaphor Translation: A Cognitive Approach. 2013. – 11 p.
9. Телия, В.Н. Русская фразеология. Семантический, прагматический лингвокультурологический аспекты. М.: Языки русской культуры. 1996. – 288 с.
10. Воробьёв, В.В. Лингвокультурология (теория и методы). М.: РУДН. 1997. – 331
11. Wong, S., Xu, Q. Mapping Metaphor Research in Translation and Interpreting Studies: A Bibliometric Analysis from 1964 to 2023. Poznan Studies in Contemporary Linguistics. 2025. – pp. 597–621.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Nargiza Baxodir qizi Sodiqova (Author)
