“MASOIL” TURKUMIGA MANSUB RISOLALARNING SHAKLLANISH OMILLARI
PDF

Keywords

“Masoil” turkumi
masoil janri
savol-javob metodologiyasi
fiqh ilmi
hadis ilmi
sualot an’anasi
hadis roviylari
jarh va ta’dil
qo‘lyozmalar tahlili
ilmiy muloqot
islom ilmlari tarixiy taraqqiyoti
diniy-amaliy masalalar
ijtimoiy-fiqhiy manbalar
ilmiy an’ana
Hakim Termiziy
IX-X asr islom tafakkuri.

How to Cite

“MASOIL” TURKUMIGA MANSUB RISOLALARNING SHAKLLANISH OMILLARI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(5), 1785-1793. https://doi.org/10.70728/a.series.ijt.v08.i05.041

Abstract

Mazkur maqolada islom ilmlarida “masoil” turkumiga mansub risolalarning shakllanish omillari, tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda ilmiy-metodologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda milodiy VIII-X asrlarda fiqh va hadis ilmlarining mustaqil yo‘nalish sifatida shakllanishi natijasida savol-javob metodologiyasiga asoslangan “masoil” janrining vujudga kelishi yoritilgan. Imom Muhammad Shayboniyning “Mabsut”, Ahmad ibn Hanbalga nisbat berilgan “Masoil” asarlari, molikiylikdagi “al-Mudavvana” hamda hadis ilmidagi “sualot” an’analari misolida ushbu janrning ilmiy asoslari ochib berilgan. Shuningdek, “masoil” risolalarining qo‘lyozma xususiyatlari, ularning ijtimoiy-fiqhiy ahamiyati va tarixiy manba sifatidagi o‘rni tahlil etilgan. Maqolada Hakim Termiziy ijodida “masoil” janrining fiqh, aqida va tasavvuf ilmlarini qamrab olgan fanlararo ilmiy model sifatida rivojlangani alohida ta’kidlangan. Tadqiqot natijasida “masoil” turkumidagi risolalar islom tafakkurida savol-javob asosidagi ilmiy an’ananing muhim yozma shakli ekanligi asoslab berilgan.
PDF

References

1. Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit. Al-Fiqh al-akbar/S.M.Oltinxon To‘ra tarj. – Toshkent: Adolat, 2003. – 65 b.

2. Ahmad Abdurrahmon. Al-Fath ar–Rabboniy li–tartibi Musnadi al-Imom Ahmad. – Qohira: Dor ihyo at-turos al-arabiy. Nashr yili ko‘rsatilmagan. –T. 3.

3. Al-Buxoriy, Muhammad ibn Ismoil. Qur’on tafsiri kitobi // al-Jome as-sahih. – Tarj. R.Obidov. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1995. – 356 b.

4. Mirtojiyev M.M. “O‘zbek tili semisologiyasi”. – Toshkent: Mumtoz so‘z nashriyoti.

2010. B. 288.

5. H.Aminov “Qur’ondagi ma’nodosh so‘zlar” asari – Toshkent: Navro‘z nashriyoti, 2017. –146+69 b.

6. Faxriddinov Z. “Tahsil nazoir al-Qur’on” asari – Qur’on ilmlariga oid muhim manba: islomsh. f. f. (Phd) …diss. – Toshkent: O‘zXIA, 2023.

7. Azamov, B. B. Hakim Termiziyning “Al-amsol minal-kitob vas-sunna” asari muhim adabiy manba. – 2020. – № 15 (305). – 446-449 b.

8. Usmonov I. Navodir al-usul hikmatlari. – Toshkent: Fan, 2009. –188 b.;

9. At-Termiziy, al-Hakim. Navodir al-usul hikmatlari. Nashrga tayyorlovchi I.Usmonov va b. – Toshkent: O‘zXIA, 2020. – T. IV. – B. 502 b.

10. Hakim Termiziy. Saraxs ahli so‘ragan masalalar. – Tarjimon Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. – Toshkent: Hilol nashr, 2019. –158 b.

11. Hakim Termiziy. Saraxs ahli so‘ragan masalalar. – Tarjimon A.Tursunov. – Toshkent: Movarounnahr, 2018. – 94 b.

12. At-Termiziy al-Hakim. Muhammad Hakim Termiziy risolalari. –Tarjimon J.Cho‘tmatov. – Toshkent: Movarounnahr, 2018. – 94 b.

13. Uvatov U. Al-Hakim At-Termiziy. – Toshkent: Ma’naviyat, 2001. – 40

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

Copyright (c) 2026 Fathiddin Muhiddin o'g'li Muhammadjonov (Author)