Abstract
Ushbu maqolada 2026-yil aprel oyida Toshkentdagi Oʻzbekiston Amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida birinchi marta oʻtkazilgan "Naqshlar tili – umumiy meros sadosi" mavzusidagi xalqaro madaniy-maʼrifiy tadbirining tashkiliy-mazmuniy xususiyatlari, uning ilmiy va amaliy ahamiyati tahlil etildi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston va Ozarbayjon hunarmandlari ishtirokida "Bezaklarda kodlashgan madaniyat" nomli ilmiy-amaliy konferentsiya, noyob hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi hamda milliy naqsh sanʼati boʻyicha 12 dan ortiq mahorat darslari oʻtkazildi. Tadbirda jami 80 dan ortiq ishtirokchi qatnashib, ikkala davlatdan kelgan 20 nafardan ziyod usta hunarmand oʻz ijodiy ishlarini namoyish etdi. Maqolada Oʻzbekiston–Ozarbayjon madaniy hamkorligining soʻnggi yillardagi rivojlanish dinamikasi, 2024-yilda Bokuda oʻtkazilgan "Choklardagi meros" koʻrgazmasining natijalari va 2026-yildagi tadbir oʻrtasidagi uzviylik ham koʻrib chiqilgan.References
1. UNESCO. Convention for the Safeguarding of the Intangible Cultural Heritage. Paris: UNESCO, 2003. 14 b.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi "Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4516-son Qarori // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami. 2019. №48.
3. Ismoilov A. Oʻzbek va Ozarbayjon xalqlari madaniy aloqalarining tarixiy ildizlari // Oʻzbekiston tarixi. Toshkent: Fan, 2021. №4. B. 45–58.
4. Karimova R. Oʻzbek xalq naqshlari va ularning ramziy maʼnosi. Toshkent: Fan nashriyoti, 2018. 210 b.
5. Musayeva L. Azerbaijani Carpet Art: Karabakh School and Its Symbolism. Baku: Elm,
6. 185 p.
7. Oʻzbekiston Amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi. "Choklardagi meros" koʻrgazmasi hisoboti. Toshkent, 2024.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Xolikova Zuhra (Author)