Abstract
Ushbu maqola islom kalom ilmining uchta asosiy maktabi — Moturidiylik, Ash'ariylik va Mu'taziliylikning shakllanishi, ta'limoti va o'zaro munosabatini qiyosiy-tahliliy usulda o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda VIII–X asrlar musulmon intellektual hayotining keskin bahs-munozaralar bilan tavsiflanuvchi davri tarixiy kontekstda ko'rib chiqilib, aqidaviy tafakkurning asosiy muammolari — aql va vahiy munosabati, Allohning sifatlari, qazo va qadar, inson ixtiyori kabi fundamental masalalar tahlil qilingan. Maqolada tarixiy-falsafiy tahlil, qiyosiy taqqoslash va mantiqiy umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot manbalari sifatida Abu Mansur al-Moturidiyning "Kitob at-Tavhid", Abul Hasan al-Ash'ariyning "Maqolot al- islomiyin" asarlari hamda zamonaviy mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari asosida olingan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, Moturidiylik aql va vahiy o'rtasida muvozanatni saqlashga intilgan, Ash'ariylik vahiyning mutlaq ustuvorligini ta'kidlagan, Mu'taziliylar esa aqlni e'tiqodiy masalalarning bosh mezoni sifatida ilgari surgan. Mazkur maktablar bir-biridan metodologik jihatdan farq qilgan bo'lsalar-da, islom aqidasini ilmiy asoslarda himoya qilish va mustahkamlashda umumiy maqsadga xizmat qilganlar. Maqola islom falsafasi, kalom ilmi tarixi va diniy-falsafiy tafakkur sohasidagi tadqiqotlar uchun nazariy manba sifatida ahamiyat kasb etadi.References
. S. Oqilov “Islom dini tarixi va falsafasi” ma’ruzalar matni. Toshkent 2010-yil. 54-55-betlar
2. Sh. Sirojiddinov “Islom falsafasiga kirish: kalom ilmi” Toshkent “Iqtisod-moliya” 2008-yil 42-bet.
3. Komilov N. “Tasavvuf yoki komil inson axloqi”. Birinchi kitob. Toshkent, 1996-yil.
4. Husniddinov E. “ Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar,” Toshkent., 2000-yil.
5. Juzjoniy A.Sh. "Islom Huquqshunosligi". ToshKent, 2002-yil.
6. Imom al-Moturidiy va a uning Islom Falsafasida tutgan oʻrni. Xalqaro Konferensiya Materiallari. Samarqand, 2000-yil.
7. Obidov R. Qur'on, Tafsir va Mufassirar. Toshkent, "Movarounnahr", 2003.
8. Uvatov U. Muhaddislar Imomi. ToshKent, 1998-yil.
9. Ulrix, Rudolf. Al-Moturidiy va Samarqand Sunniylik Ilohiyoti. Toshkent, 2001.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Shahnoza Muxtor qizi Nasullayeva (Author)