Abstract
Ushbu maqolada XX asrning 50-yillari birinchi yarmida O‘zbekistonda oliy pedagogik ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘qituvchilar institutlarini qayta tashkil etish va pedagogika institutlari tarmog‘ini kengaytirish jarayonlari arxiv ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda respublika oliy ta’lim muassasalarida tarix yo‘nalishi bo‘yicha talabalar kontingenti, qabul va bitirish rejalari dinamikasi hamda darslarning ona tilida olib borilishi masalalari yoritilgan. Shuningdek, Qo‘qon davlat pedagogika instituti sirtqi bo‘limining 1954– 1955-o‘quv yilidagi faoliyati misolida sovet davri mafkuraviy ko‘rsatmalari, talabalar qamrovining kengayishi, moddiy-texnik baza yetishmovchiligi, o‘quv jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar va kadrlar ta’minoti bilan bog‘liq muammolar tanqidiy tahlil qilingan.References
1. O‘z MA, 94-fond, 5-ro‘yxat, 5167-ish, 63-varaq
2. O‘z MA, 94-fond, 5-ro‘yxat, 5167-ish, 42-varaq
3. O‘z MA, 94-fond, 5-ro‘yxat, 6522-ish, 21-100-varaqlar.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 O'ktamjon Sheraliyevich Abdullaev (Author)