Abstract
Ushbu maqolada inson nerv sistemasining eng ko‘p uchraydigan va xavfli kasalliklarini yaxlit, bo‘limlarga ajratilmagan holda, batafsil yoritib beradi. Unda markaziy va periferik nerv sistemasining funksiyasi, uning infeksiyalar, shikastlanishlar, qon tomir buzilishlar, degenerativ jarayonlar, autoimmun buzilishlar va irsiy nuqsonlar natijasida qanday zararlanishi haqida so‘z boradi. Maqolada insult (ishemik va gemorragik), epilepsiya, ko‘p skleroz, Parkinson kasalligi, Altsgeymer kasalligi, periferik nevropatiyalar (xususan diabetik nevropatiya), miya infeksiyalari (meningit va ensefalit), bosh miya shikastlanishlari, miya o‘smalari, irsiy kasalliklar (Xantington kasalligi, Friedrix ataksiyasi, spinal muskul atrofiyasi) hamda autoimmun kasalliklar (miyasteniya gravis, Guillain–Barre sindromi) haqida qisqa, ammo mazmunli ma’lumot keltirilgan. Har bir kasallikning asosiy sabablari, klinik belgilari, davolash usullari va reabilitatsiya yo‘nalishlari bayon qilingan. Shuningdek, zamonaviy tibbiyotdagi yangi yutuqlar (gen terapiyasi, chuqur miya stimulyatsiyasi, monoklonal antitanachalar) va kasalliklarning oldini olishning samarali strategiyalari (qon bosimi va qandli diabetni nazorat qilish, vaksinatsiya, bosh jarohatlarining oldini olish, genetik konsultatsiya) haqida ham so‘z yuritiladi.References
1. Madjidiov N.M., G‘ofurov B.G., Madjidiova Y.N. Xususiy nevrologiya. – Toshkent,
2. Ibodullayev Z. Nevrologiya. – Toshkent, 2021. – 960 b.
3. Sodiqova G‘.Q., Ahmedov A.G‘., Tursunxodjayeva G.M. Nevrologiya. – Toshkent,
4. Shiraliyeva R.K., Mammadbayli A.K., Aliyev R.R. Nevrologiya (dərslik). – Boku: Red N Line, 2022.
5. “Nerv kasalliklari” / O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. – Toshkent, 2000.
6. Umumiy nevrologiya neyroreabilitatsiya asoslari bilan (Darslik). – Samarqand davlat tibbiyot universiteti kutubxonasi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Nurali Ravshan o'g'li Buvrayev, Charos Dustmuxammad qizi Suyunova, Sevinch Nurmamat qizi Otayarova, Mahliyo Abduraufovna Urinboyeva, Noila Baxtiyor qizi Abdullayeva (Author)