Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining keskin kontinental, issiq va quruq iqlim sharoitida Valeriana officinalis L. hamda V. ficariifolia turlarining bioekologik xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy e’tibori dorivor valeriana turlarining morfologik tuzilishi, ontogenez bosqichlari, urug‘larining laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi, haroratga sezgirligi, saqlanish muddati ta’siri va Janubiy O‘zbekiston sharoitida madaniylashtirish imkoniyatlariga qaratildi. Tadqiqot natijalari urug‘larning unuvchanligida 20- 23 °C harorat oralig‘i eng maqbul ekologik omil ekanini ko‘rsatdi. Bir yil saqlangan V. ficariifolia urug‘larida ushbu haroratda unuvchanlik 90,5±1,5%, V. officinalis L. urug‘larida esa 88,5±1,7% ni tashkil etdi. Ikki yil saqlangan urug‘larda unuvchanlik va unish energiyasi sezilarli pasaydi. Bu holat dorivor valeriana turlarini sanoat plantatsiyalarida ko‘paytirishda urug‘ sifati, saqlanish muddati va ekish texnologiyasini qat’iy nazorat qilish zarurligini ko‘rsatadi. Maqolada olingan natijalar asosida O‘zbekiston sharoitida dorivor o‘simliklar xomashyo bazasini kengaytirish, farmatsevtika sanoati uchun mahalliy manbalarni shakllantirish va Surxondaryo viloyatida iqlimga mos agrotexnologik yondashuvlarni ishlab chiqishning ilmiy-amaliy ahamiyati ochib berildi.References
‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini texnik va texnologik qayta jihozlashni modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-731-son qarori // Xalq so‘zi. - Toshkent, 2007. - 19-noyabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 287-son qarori // Xalq so‘zi. - Toshkent, 1996. - 15-avgust.
3. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 1-jild. - Toshkent: Fan, 1982. - 497 b.
4. Abu Rayhon Beruniy. Izbrannye proizvedeniya. Kitob as-Saydana. Farmakognoziya. Kniga 4. - Toshkent: Fan, 1974. - B. 692-693.
5. Abdunazarov E.E. Toshkent vohasi sharoitidagi dorivor valeriana Valeriana officinalis L. ning introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari: biol. fan. nomz. diss. - Toshkent: O‘zR FA Botanika IIChM, 2010. - 120 b.
6. Hamrayev R.R., Xusanov O.E., Anvarov E.O., Usmonova R. Surxondaryo viloyati sharoitida Valeriana officinalis L. va V. ficariifolia turlarining bioekologik xususiyatlari. - Termiz, 2026. - 5 b.
7. Adekеnov S.M. Sovremennoe sostoyanie i perspektivy proizvodstva otechestvennyx fitopreparatov i biotexnologicheskoy produktsii dlya meditsiny // Farmatsiya Kazaxstana. - Almaty, 2003. - № 2. - S. 21-22.
8. Andreev G.N. Ob urovnyax zhiznennosti introdutsentov // Botanicheskie issledovaniya v Subarktike: sb. nauch. trudov Kolskogo FAN SSSR. - Petrozavodsk, 1974. - S. 61-70.
9. Rabotnov T.A. Zhiznennyy tsikl mnogoletnix travyanistyx rasteniy v lugovyx tsenozax // Trudy Botanicheskogo instituta AN SSSR. - Moskva-Leningrad, 1950. - Ser. 3. - Vyp. 6. - S. 7-204.
10. Uranov A.A. Ontogenez i vozrastnoy sostav populyatsiy tsvetkovyx rasteniy. - Moskva: Nauka, 1975. - 156 s.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Rashid Ravshan o'g'li Hamrayev, Ozodbek Elbek o'g'li Xusanov, Eldor Odiljon o'g'li Anvarov, Rayhon Usmonova (Author)