Abstract
Ushbu ilmiy tadqiqotda qand jo‘xorining “Qorabosh” navida ekish me’yorlarining hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tajribalar 80 ming, 90 ming, 110 ming va 140 ming donaga urug‘ me’yorlarida o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ekish zichligi o‘simlikning unib chiqish darajasi, poya uzunligi, diametri, og‘irligi hamda umumiy hosildorlikka bevosita ta’sir qiladi.Eng yuqori don hosildorligi 80–90 ming dona/ga me’yorlarida qayd etilgan bo‘lib, bunda poya yo‘g‘onligi, barg soni va massasi eng yuqori bo‘lgan. Ko‘k massa uchun esa 110 ming dona/ga me’yori eng samarali natija bergan. Shuningdek, sho‘r sharoitda olib borilgan tajribalar urug‘ unuvchanligi 35–55% gacha kamayishini ko‘rsatdi, bu esa jo‘xorining sho‘r muhitga nisbatan sezgirligini tasdiqlaydi.Tadqiqotlar natijasida “Qorabosh” navi uchun don olishda 80–90 ming dona/ga, ko‘k massa olishda 110–120 ming dona/ga ekish me’yori optimal ekotexnik ko‘rsatkich sifatida tavsiya etildi. Ushbu me’yorlarda o‘simliklar bir tekis rivojlanib, yuqori hosil va sifatli biomassaga ega bo‘ladiReferences
1. Abdalniyozov B. Xorazmda – jo‘xori yetishtirish texnologiyasi // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. – 2006. – №7. – 40-b.
2. Abdurahimov A. Qand jo‘xori koni foyda // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. – 2006. – №6. – 18-b.
3. Алабушев А.В., Бескровный В.И. и др. Сахарное сорго в степной зоне // Земледелие. – 1993. – №5. – С.24.
4. Асташов А.Н., Кононенко С.И., Кононенко И.С. Сорго как компонент комбикорма для цыплят-бройлеров // Кукуруза и сорго. – 2009. – №5. – С.13–14.
5. Atabayeva X.N. Donli ekinlarning biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi. – Toshkent, 2009. – 120–121-b.
6. Azizov Q. Qand jo‘xori namunalarida o‘tkazilgan tajriba natijalari // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. – 2009. – №1(9). – 18–19-b.
7. Битюков В.А. Дифференцированный режим орошения и удобрения сахарного сорго на светло-каштановых почвах Волгоградского Заволжья // Кукуруза и сорго. – 2009. – №5. – С.9–10.
8. Волков Д.П., Жужукин В.И. Некоторые результаты изучения сортов зернового сорго // Кукуруза и сорго. – 2009. – №4. – С.5–6.
9. Володин А.Б. Сахарное сорго в поукосных и пожнивных посевах // Кукуруза и сорго. – 2000. – №4. – С.20–21.
10. Горпиниченко С.И., Гурский Н.Г., Саломатина А.Н. Сорт сахарного сорго Дебют // Кукуруза и сорго. – 2005. – №6. – С.18.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 N.N. G'aniyeva, G.O. Norqulova, Sh.A. Xo'jamov (Author)