Abstract
Noyob yer elementlari o‘simliklarning fiziologik jarayonlari va mahsuldorligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarida Noyob yer elementlari mavjudligi hamda ularning olma daraxti organlariga (novda, barg, meva) o‘tish dinamikasiga tuproqning fizik-kimyoviy xossalari ta’sirini baholashdir. Tuproq va o'simlik namunalarining kimyoviy elementlar tarkibi O‘zFA Yadro fizikasi ilmiy-tadqiqot institutida neytron-aktivatsion usulida aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, hudud tuproqlari granulometrik tarkibiga ko‘ra yengil va og‘ir qumoqlardan iborat. Tuproqdagi La, Ce va Nd kabi elementlarning harakatchanligi gumus miqdoriga to‘g‘ri korrelyatsiyani namoyish etdi. O‘simlik organlarida noyob yer elementlarining taqsimlanishida eng pasti konsentratsiya novdalarda, eng yuqorisi esa mevalarda aniqlandi. Natijalar mevali bog‘larning ekologik va ozuqaviy holatini boshqarishda amaliy ahamiyatga ega.References
1. Abdushukurova Z.Z., Sidikov S., Zakirova S.Q. Tuproq geografiyasi o‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2021-y. 112 b. https://www.researchgate.net/publication/355427046
2. Ibroximova S.A., Xoldarov D.M., Qo’chqorov B.M. Sug’oriladigon och tusli bo’z tuproqlarning agrokimyoviy xossalari. FarDU. Ilmiy xabarlar. Volume 31 Issue 6, 2025-yil. https://journal.fdu.uz
3. Brioschi L. & Steinmann M. & Lucot E. & Pierret M. C. & Stille P. & Prunier J. & Badot P. M. (2012). Transfer of rare earth elements (REE) from natural soil to plant systems: implications for the environmental availability of anthropogenic REE. Plant Soil (2013) 366:143–163 https://www.sci-hub.ru/10.1007/s11104-012-1407-0
4. Hu Z. (2004). Effects of REE on plants. Journal of Plant Nutrition, 27, 183–220. https://www.sci-hub.ru/10.1081/PLN-120027555
5. Tyler, G. (2004). Rare earth elements in soil and plant systems. Plant and Soil, 267, 191–206. https://doi.org/10.26898/0370-8799-2021-3-1
6. Kabata-Pendias, A. (2011). Trace Elements in Soils and Plants. CRC Press, Oct 18, 2010 - Science - 548 pages. https://books.google.ru/books?
7. K. Semhi, O. A. E. Abdalla, S. Al Khirbash, T. Khan, S. Asaidi, S. Farooq. Mobility of rare earth elements in the system soils–plants–groundwaters: a case study of an arid area (Oman), Arab J Geosci (2009) 2:143–150 https://www.researchgate.net/publication/225146999
8. Xoldarov D.M. “Farg‘ona vodiysi sho‘rlangan tuproqlari biogeokimyosi va ulardan foydalanish yo’llari” Toshkent.2025-yil.Dissertatsiya avtorefarati.68 s.
9. Yuldashev G‘. Agrochemical Characteristics of Newly Developed Light Sierosem of the Fergana Valley. (2023). Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences, 13, 64-68. https://zienjournals.com/index.php/tjabs/article/view/3407

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Davronbek Madaminovich Xoldarov, Sabohat Ahmadali qizi Ibrohimova (Author)