AXBOROTLASHGAN TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK MUHANDIS QURUVCHILARNI O‘QITISH METODIKASI
PDF

Keywords

axborotlashgan ta’lim muhiti
bo‘lajak muhandis quruvchi
o‘qitish metodikasi
qurilish ta’limi
raqamli pedagogika
BIM
CAD
virtual laboratoriya
blended learning
loyiha asosida o‘qitish
kompetensiya
refleksiya
baholash.

How to Cite

AXBOROTLASHGAN TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK MUHANDIS QURUVCHILARNI O‘QITISH METODIKASI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(4), 1517-1529. https://doi.org/10.70728/c.series.v08.i04.230

Abstract

Ushbu maqolada axborotlashgan ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak muhandis quruvchilarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalasi pedagogik, texnologik va kasbiy integratsiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish, kredit-modul asosida o‘qitishni takomillashtirish, amaliy ko‘nikmalarni kuchaytirish hamda qurilish sohasiga BIM, CAD, GIS, virtual laboratoriyalar, masofaviy hamkorlik vositalari va analitik kuzatuv mexanizmlarining keng kirib kelishi bilan belgilanadi. Maqolaning мақсади axborotlashgan ta’lim muhitida bo‘lajak muhandis quruvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantiruvchi yaxlit metodik tizimni nazariy asoslash va uning tarkibiy qismlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan va integrativ yondashuvlar, pedagogik modellashtirish, ilmiy manbalarni qiyosiy tahlil qilish va kasbiy tayyorgarlik komponentlarini dekompozitsiya qilish usullaridan foydalanildi. Natijada maqsadli, mazmuniy, protsessual, texnologik, diagnostik va refleksiv bloklardan iborat metodik model ishlab chiqildi. Mazkur model diagnostik-propedevtik, operatsion-texnologik, loyihaviy- integratsion va refleksiv-korreksion bosqichlarga tayandi hamda o‘qitishning aralash, muammoli, loyiha asosidagi, platformalashgan va tahliliy baholash bilan uyg‘unlashgan shakllarini nazarda tutdi. Maqolada axborotlashgan ta’lim muhiti elektron resurslar yig‘indisi emas, balki bo‘lajak muhandis quruvchini real kasbiy faoliyatga yaqinlashtiruvchi, vizual- fazoviy tafakkurini rivojlantiruvchi, ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatini shakllantiruvchi hamda jamoaviy loyiha faoliyatini faollashtiruvchi integral pedagogik makon sifatida asoslanadi.
PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasi. Ta’lim to‘g‘risida: O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida: PF-5847-son, 2019-yil 8-oktabr.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: PF-6079-son, 2020-yil 5-oktabr.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi to‘g‘risida: 824-son qaror, 2020-yil 31-dekabr.

5. UNESCO. Global Education Monitoring Report 2023: Technology in Education. Paris: UNESCO, 2023.

6. UNESCO. Digital learning and transformation of education: what you need to know. Paris: UNESCO, 2024.

7. OECD. OECD Digital Education Outlook 2026: Exploring Effective Uses of Generative AI in Education. Paris: OECD Publishing, 2026.

8. ABET. Criteria for Accrediting Engineering Programs, 2025–2026. Baltimore: ABET, 2025.

9. Tokatlidis C. va boshqalar. Virtual Environment in Engineering Education: The Role of Teacher Guidance and Learning Outcomes. Education Sciences, 2024, 14(12).

10. McCloskey D. W. va boshqalar. Embedding Civil Engineering Understanding through the Use of Virtual Reality. Education Sciences, 2023, 14(1).

11. Henstrom J. va boshqalar. Immersive engineering instruction: Using Virtual Reality to support building inspections in civil engineering education. The Engineering Economist, 2024.

12. Ahankoob A. va boshqalar. Building Information Modelling (BIM) Acceptance and Applications in Construction Education. Buildings, 2025, 15(11).

13. Jayathilaka R. D. W. W., Wijewickrama M. K. C. S., Edwards D. J. Developing a holistic teaching and learning framework for construction management higher education. Engineering, Construction and Architectural Management, 2025.

14. Abanda F. H. Lessons from the Virtual Delivery of Building Information Modelling Courses. Buildings, 2025, 15(2).

15. Nguyen T. D. va boshqalar. Bridging the Gap: Enhancing BIM Education for Sustainable Design. Computers, 2025, 14(11).

16. Akbas M. va boshqalar. Sustainable Digital Transformation in Geotechnical- Related Engineering Disciplines. Sustainability, 2025, 17(20).

17. Lourenço A. va boshqalar. Technological Innovation in Engineering Education. Sustainability, 2025, 17(14).

18. Álvarez Ariza J. va boshqalar. Investigating the Impact of Education 4.0 and Digital Learning on Higher Education. Education Sciences, 2026, 13(2).