Abstract
Mazkur maqolada ingliz tilidagi sintaktik konstruksiyalarning struktural va transformativ xususiyatlari zamonaviy tilshunoslik yondashuvlari asosida tahlil qilinadi. Sintaksis til tizimining asosiy bo‘g‘ini sifatida gap tuzilishi, ma’no ifodasi va kommunikativ samaradorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot transformatsion grammatika nazariyasiga tayangan holda sintaktik konstruksiyalarning chuqur va yuzaki tuzilmalari o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot jarayonida strukturaviy, transformativ, qiyosiy va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanildi. Empirik material sifatida zamonaviy ingliz tilidagi badiiy, ilmiy va publitsistik matnlardan tanlab olingan 300 dan ortiq sintaktik birliklar tahlil qilindi.
References
1. Chomsky, N. (1965). Aspects of the theory of syntax. MIT Press.
2. Crystal, D. (2003). The Cambridge encyclopedia of the English language. Cambridge University Press.
3. Huddleston, R., & Pullum, G. K. (2002). The Cambridge grammar of the English language. Cambridge University Press.
4. Radford, A. (2004). English syntax: An introduction. Cambridge University Press.
5. Yule, G. (2017). The study of language (6th ed.). Cambridge University Press.
6. Carnie, A. (2021). Syntax: A generative introduction (5th ed.). Wiley-Blackwell.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.