Abstract
XIX asr madaniy hayotining rivojlanishi natijasida jamiyatda erkak va ayol rollarining ajralishi, erkaklarning ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritishi hamda ayollarning oila va farzand parvarishiga eʼtibor qaratishi nutq madaniyati va axloq normalarining o‘zgarishiga sabab boʻldi. Shu davrda nafqat inson aʼzolari, balki hayvon, kasallik va boshqa hodisalarning nomlarini yumshatib aytish — evfemizmlar kengayib, argo va vulgarliklarni yashirish vositasi sifatida ishlatilgan. Gʻarbiy tilshunoslikda evfemizmlarni leksikografik va lingvopragmatik jihatdan tadqiq etish, ularni tematik guruhlarga ajratish amaliyoti rivojlangan. Evfemizmlarning semantik‑grammatik xususiyatlari (lisonik va nutqiy evfemizmlar), ularning lugʻatlarga kirishi va kontekstga bogʻliq ishlatilishi masalalari zamonaviy tadqiqotlarning markazida turadi.References
1. Миртожиев М.М. Ўзбек тили семасиологияси. – Т.: Мумтоз сўз, 2010. – 288 б.
2. Ғайбуллаева Н.И. Ўзбек тилида тиббий эвфемизмлар (тиббий даврий нашрлар асосида): Филол.фанлари бўйича фалсафа доктори дисс... автореферат. ‒ Бухоро, 2019. –50 б.
3. Гулямова Ш.К. Ўзбек тили эвфемизмларининг гендер хусусиятлари: Филол.фан.бўй.фалсафа доктори дисс... автореф. ‒Бухоро, 2019. –59 б.
4. Шамсиева Ш.Қ. Хитой ва ўзбек тилларидаги эвфемизмларнинг лингвомаданий тадқиқи. Филол. фан. бўйича фалсафа док. дисс... автореф. –Тошкент 2020, – 53б.