Abstract
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatida “olov” va “suv” binar konseptlarining milliy tafakkur hamda lisoniy ongni shakllantirishdagi o‘rni keng qamrovda tahlil qilinadi. “Olov” va “suv” qadimdan insoniyat tafakkurida qarama-qarshi, ammo bir-birini to‘ldiruvchi arxetipik obrazlar sifatida namoyon bo‘lib kelgan. Ushbu konseptlar nafaqat tabiiy hodisa sifatida, balki ramziy, mifologik, diniy, falsafiy va madaniy ma’nolar tizimida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollar, frazeologik birliklar, badiiy matnlar, folklor namunalari va mifologik qarashlar asosida ushbu binar konseptlarning semantik, pragmatik va kognitiv xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, ular orqali milliy mentalitet, qadriyatlar tizimi, axloqiy me’yorlar va dunyoqarashning til vositasida qanday ifodalanishi ochib beriladi.References
1. Maslova V.A. Lingvokulturologiya. – Moskva: Akademiya, 2001.
2. Stepanov Yu.S. Konstanty: Slovar russkoy kultury. – Moskva, 1997.
3. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. – Toshkent, 2006.
4. Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent, 2012.
5. Wierzbicka A. Understanding Cultures through Their Key Words. – Oxford University Press, 1997.
6. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago, 1980.
7. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеologik луғати. – Тошкент, 1992.
8. Cambridge Dictionary of Idioms. – Cambridge University Press, 2006.