Abstract
Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanida qo‘llangan ot va fe’l leksemalarining konnotativ ma’nolari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy matn tarkibidagi nominativ va predikativ birliklarning emotsional- ekspressiv, baholovchi hamda ijtimoiy konnotatsiyalari aniqlanib, ularning obraz yaratishdagi funksional roli yoritiladi. Ish jarayonida tavsifiy, kontekstual hamda semantik-stilistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Asardan tanlab olingan real kontekstli misollar asosida ot va fe’l leksemalarining konnotativ ma’nolari ularning denotativ ma’nolari bilan qiyosiy ravishda o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, romanda qo‘llangan konnotativ birliklar qahramonlarning ruhiy holatini ochish, ijtimoiy munosabatlarni ifodalash hamda muallifning baholovchi munosabatini yetkazishda muhim stilistik vosita sifatida xizmat qiladi.References
1. Haydarov A. Badiiy tasvirning fonetik va grafik uslubiy vositalari. Monografiya. – Buxoro: “Durdona” nashriyoti. 2026. – B. 35.
2. Наврузова, Н. Х. (2022). KONNOTATIV MA’NONING BADIIY ASARLARDA IFODALANISHI: Образование и инновационные исследования международный научно- методический журнал, (7). https://www.interscience.uz/index.php/home/article/view/1490
3. A.Qodiriy. O’tgan kunlar. – T:. G’afur G’ulom” nashriyoti. 2018. 476 b.