O‘ZBEK TILIDA YURIDIK TERMINLARNING DISKURSIV TABIATI (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING «MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘G‘RISIDA»GI QONUNI MISOLIDA)
PDF

Keywords

yuridik diskurs
huquqiy terminologiya
manfaatlar to‘qnashuvi
normativ- huquqiy hujjat
pragmatika
semantika.

How to Cite

O‘ZBEK TILIDA YURIDIK TERMINLARNING DISKURSIV TABIATI (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING «MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘G‘RISIDA»GI QONUNI MISOLIDA). (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(04), 1681-1687. https://doi.org/10.70728/b.series.v08.i04.237

Abstract

Maqolada o‘zbek huquqiy diskursida yuridik terminlarning semantik, pragmatik va funksional xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni misolida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda huquqiy terminologiyaning tizimliligi, normativ-huquqiy matndagi aniqlikni ta’minlashdagi o‘rni, terminlarning diskursiv vazifasi hamda huquqiy ongni shakllantirishdagi roli yoritiladi. Tadqiqot jarayonida diskursiv, semantik, pragmatik, deskriptiv va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Natijada qonun matnida qo‘llanilgan “manfaatlar to‘qnashuvi”, “shaxsiy manfaatdorlik”, “yaqin qarindoshlar”, “maxsus bo‘linma” kabi terminlar yuridik diskursning markaziy birliklari ekanligi, ular huquqiy normalarni ifodalash, xulq-atvorni tartibga solish va huquqiy aniqlikni ta’minlashga xizmat qilishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari yuridik lingvistika va huquqiy terminologiyani takomillashtirishga xizmat qiladi.
PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida”gi Qonuni (O’RQ-931- son, 05.06.2024 y.)

2. A. Nurmonov. “Yuridik til va huquqiy diskurs”. – Toshkent, 2020.

3. Sh. Saidov. “O’zbek tili yuridik terminologiyasi”. – Toshkent, 2019.

4. В.И.Карасик. “Язык и дискурс”. –Москва, 2002.