KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA TRANSPOZITSIYA HODISASINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
PDF

Keywords

transpozitsiya
agglyutinatsiya
substantivatsiya
adyektivatsiya
morfologik derivatsiya
funksional-semantik ko‘chish.

How to Cite

KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA TRANSPOZITSIYA HODISASINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(04), 1449-1455. https://doi.org/10.70728/b.series.v08.i04.206

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada agglyutinativ qurilishga ega bo‘lgan koreys va o‘zbek tillaridagi transpozitsiya hodisasi qiyosiy-tipologik jihatdan atroflicha tahlil qilinadi. Transpozitsiya til tizimining dinamikligini ta’minlovchi va lisoniy tejamkorlik tamoyiliga xizmat qiluvchi asosiy mexanizmlardan biri sifatida qaraladi. Tadqiqot jarayonida so‘z turkumlarining o‘zaro ko‘chishi, ularning funksional-semantik o‘zgarishlari hamda sintaktik valentligining kengayishi morfologik va sintaktik sathlarda yoritilgan. Maqolada substantivatsiya, adyektivatsiya va adverbiatsiya kabi transpozitsiya turlari har ikki til materialida qiyoslanib, ularning o‘ziga xos determinantlari aniqlangan. Xususan, koreys tilidagi sifat-fe’llarning atributiv transpozitsiyasi va o‘zbek tilidagi konversiya hodisalari o‘rtasidagi farqli jihatlar lisoniy dalillar bilan isbotlangan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida kontekstual-funksional transpozitsiya ustuvor bo‘lsa, koreys tilida bu jarayon qat’iy affiksatsiya tizimiga tayanadi. Maqola natijalari qiyosiy tilshunoslik, tarjima nazariyasi hamda koreys va o‘zbek tillari grammatikasini o‘qitish metodikasi uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
PDF

References

1. Bally Sh. Общая лингвистика и французская Лингвистика. - Париж: Берн, 1932. – С. 116-121.( Bally Sh. General Linguistics and French Linguistics. - Paris: Bern, 1932. - P. 116 121.)

2. Теньер Л. Элементы структурного синтаксиса. - Париж: Клинксик, 1959. – С. 364 368.( Tenier L. Elements of structural syntax. - Paris: Clinic, 1959. - P. 364-368.)

3. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – 165-172-bb.( Sayfullayeva R. et al. The current Uzbek literary language. – Tashkent: Science and Technology, 2010. – pp. 165-172)

4. Lee Ik-seop, Sang-oak Lee, Chae Wan. The Korean Language. – Seoul: National Academy of the Korean Language, 2000. – pp. 144-148.

5. Nematov H., Sayfullayeva R. O‘zbek tili struktur sintaksisi. – Toshkent: Universitet, 1999. – 42-45-bb.( Nematov H., Sayfullayeva R. Structural syntax of the Uzbek language. – Tashkent: University, 1999. – pp. 42-45)

4. Nam Ki-shim, Ko Young-keun. Standard Korean Grammar (Pyojun Gugeo Munbeopron).– Seoul: Top Publishing, 2011. – pp. 215-218.

6. Choi Hyun-bae. Our Grammar (Uri Malbon). – Seoul: Jungeumsa, 1971. (Koreys tilidagi klassik manba).

7. G‘ulomov A. O‘zbek tilida so‘z yasash yo‘llari.– Toshkent: Fan, 1954. – 88-92 bb.( Gulyamov A. Ways of word formation in Uzbek.– Tashkent: Science, 1954. – pp. 88-92.)

8. Sohn Ho-min. The Korean Language. – Cambridge University Press, 1999. – pp. 312 315.