Abstract
Mazkur maqolada ispan va o‘zbek toponimlarining etimologik hamda qiyosiy-tipologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi ikki mustaqil til tizimida nominatsion mexanizmlarning umumiy va milliy-spetsifik jihatlarini aniqlashdan iborat. Material sifatida struktur va semantik jihatdan mos 20 ta toponim (10 ta ispan va 10 ta o‘zbek) tanlab olindi. Tadqiqotda tarixiy-etimologik, qiyosiy-tipologik va leksik-semantik metodlar qo‘llanildi. Natijalar rang va relyef asosidagi nominatsiya universal model ekanini, gidronimlar esa eng konservativ qatlamni tashkil etishini ko‘rsatdi. Arabiy va roman/fors-tojik qatlamlari har ikki hududda tarixiy-lingvistik poydevor vazifasini bajaradi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi struktur va semantik motivatsiya asosidagi tipologik parallelizmni aniqlashda namoyon bo‘ladi. Olingan natijalar qiyosiy onomastika va lingvomadaniy tadqiqotlar uchun nazariy model sifatida xizmat qilishi mumkin.References
1. Hakimov Q. Toponimika: oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Mumtoz so‘z,
2. – 368 b.
3. García Sánchez J. J., Nieto Ballester E. (eds.). Claves en la investigación de la toponimia hispánica. – Madrid: Instituto Geográfico Nacional, 2024. – 330 p.
4. Nafasov T. Janubiy O‘zbekiston toponimiyasining etnolingvistik tahlili. – Toshkent: O‘qituvchi, 1985.
5. Nafasov T. O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1988.
6. Nafasov T., Nafasova V. O‘zbek tili toponimlarining o‘quv izohli lug‘ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.
7. Nikonov V. A. Vvedenie v toponimiku. – Moskva: Nauka, 1965.
8. Murzaev E. M. Toponimika i geografiya. – Moskva: Mysl’, 1995.
9. Corominas J., Pascual J. A. Diccionario crítico etimológico castellano e hispánico. – Madrid: Gredos, 1980–1991.
10. Real Academia Española. Diccionario de la lengua española. – Madrid: RAE, 2023. – URL: https://dle.rae.es
