Abstract
Mazkur maqolada gipsli bo‘z tuproqlar sharoitida oddiy zig‘ir (Linum usitatissimum L.) o‘simligining o‘sishi va rivojlanishiga mikoriza hamda biologik faol zamburug‘larning ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari mikoriza qo‘llanilganda ildiz massasi 65%, yer ustki biomassa 43%, tola uzunligi 18% va urug‘ moy miqdori 12% ga oshganini ko‘rsatdi. Gipsli tuproqlarda oziqa elementlari, ayniqsa fosforning o‘zlashtirilishi cheklangan sharoitda mikoriza va antagonist zamburug‘larning qo‘llanilishi o‘simlik oziqlanishini yaxshilab, rivojlanish jarayonlarini faollashtirdi. Shuningdek, Trichoderma harzianum, Penicillium chrysogenum va Beauveria bassiana qo‘llanilganda fitopatogenlar ta’siri keskin kamaygani aniqlandi. Olingan natijalar gipsli bo‘z tuproqlar sharoitida mikoriza va biologik zamburug‘larga asoslangan biotexnologik yondashuv samarali va ekologik xavfsiz ekanligini ko‘rsatdi.References
1. G‘afurov A.Sh., Qodirov D.A. (2019). Dorivor o‘simliklar biologiyasi va biokimyosi. Toshkent: Fan nashriyoti. 212 b.
2. Юлдашев Г., Исағалиев М. Тупроқ биогеокимёси. Т.: 2014. B.320.
3. Mahmudov A.V. O‘zbekistonning turli ekologik sharoitlarida Linum usitatissimum L. (oddiy zig‘ir) urug‘ hosildorligi // Ilmiy maqola. – Toshkent: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, 2023.
4. Tursunov H.X. (2021). O‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligini fiziologik asoslari. Toshkent: Universitet nashriyoti. 155 b.
5. Варфоломеев С.Д, Калюжный С.В. Биотехнология. М.: Высш. шк 1990 с.286.