Abstract
Orol dengizining qurishi va uning ekologik oqibatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar so‘nggi o‘n yilliklarda sezilarli darajada kengaygan bo‘lib, ushbu yo‘nalish global ekologiya, gidrobiologiya va landshaftshunoslik fanlari kesishmasida shakllangan kompleks ilmiy muammolar majmuini tashkil etadi. Orol havzasida yuz bergan gidrologik va ekologik o‘zgarishlar bir qator xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlarda atroflicha yoritilgan. Dastlabki ilmiy ishlar asosan Orol dengizi suvining kamayishi, sho‘rlanish darajasining ortishi va gidrokimyoviy rejimning o‘zgarishiga bag‘ishlangan bo‘lib, ular dengiz akvatoriyasida gidrobiontlar jamoalarining degradatsiyasini ko‘rsatib bergan. Keyingi bosqichdagi tadqiqotlarda esa dengizning qurigan hududlari - Orolqum cho‘lining shakllanishi, uning fizik-geografik xususiyatlari hamda yangi ekotizimlarning paydo bo‘lish jarayonlari o‘rganila boshlagan. Ushbu maqolada ham Namangan davlat universiteti Algolog tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Bunga ko`ra Orol dengizining qurigan tubi qoldiq ko`llaridan olingan namunalardan aniqlangan gidrobiontlar tarkibi, ekologiyasi va shu tuproqlarning biogeokimyoviy tahlillari keltirilgan. Olib borilayotgan tadqiqotlar AL-9424115044-R4 raqamli loyiha doirasida bajarilmoqda.References
1. Nikolai V. Aladin, Igor S. Plotnikov, & Philip Micklin (2009). Dramatic decline of the Aral Sea: Causes and consequences. Hydrobiologia, 622, 1–14.
2. Philip Micklin (2016). The Aral Sea disaster. Annual Review of Earth and Planetary Sciences, 44, 47–72.
3. Michael H. Glantz (1999). Creeping Environmental Problems and Sustainable Development in the Aral Sea Basin. Cambridge University Press.
4. Nikolai V. Aladin, Igor S. Plotnikov, & Dietmar Keyser (2007). The Aral Sea: Water level, salinity and long-term changes in biota. Aquatic Ecosystem Health & Management, 10(1), 31–38.
5. Jens T. Hoeg et al. (2024). Parasites and biodiversity in the Aral Sea: Surviving in extreme conditions. Journal of Marine Systems, 245, 103987.
6. Dietmar Keyser (2003). Species diversity and distribution patterns in the Aral Sea. Archiv für Hydrobiologie, 157(3), 307–324.
7. Michael Toman et al. (2010). Climate change and water management in the Aral Sea basin. Water Resources Research, 46(7).
8. Lubov S. Zhakova & Jens Mossin (2023). Ecological perspectives of the Aral Sea region under climate change. Environmental Science and Policy, 144, 112–120.
9. UNESCO (2019). The Aral Sea Basin: Water for Sustainable Development. UNESCO Publishing.
10. World Bank (2020). Restoring the Northern Aral Sea: Progress and Challenges. World Bank Report.
11. Baxtiyor Yusupov (2018). Orolbo‘yi hududida ekologik jarayonlar va bioxilma-xillik. O‘zbekiston biologiya jurnali, 3, 45–52.
12. Shavkat Egamberdiyev (2020). Qurigan Orol dengizi tubida mikrobiotsenoz shakllanishi. Ekologiya xabarnomasi, 2, 28–34.
13. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (2021). Orolbo‘yi hududining ekologik holati bo‘yicha ilmiy hisobot. Toshkent.
14. Tukhtaboeva, Y., Krivina, E., Redkina, V., Portnov, A., Sinetova, M., & Temraleeva, A. (2025). Species delimitation in the genus Klebsormidium (Klebsormidiophyceae, Charophyta), including description of Klebsormidium mirabile sp. nov. with high content of polyunsaturated fatty acids. PhytoKeys, 266, 53–74. https://doi.org/10.3897/phytokeys.266.158514
15. Tukhtaboeva, Y.A., Redkina, V.V., Bukin, Y.S. et al. Diversity of Cyanobacteria and Algae in Erodited Soils of the Fergana Valley (Uzbekistan) According to Light Microscopy Data and High-Throughput Sequencing. Arid Ecosyst 15, 232–245 (2025). https://doi.org/10.1134/S2079096125700143
16. Ikramov N.B., Xaydarov B.M. Norin daryosi havzasi quyi oqimida tarqalgan indikator-saprob suvo‘tlarining taksonomik tahlili va oqim bo‘ylab tarqalishi. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi, Xiva-2026. 2026-4/1. 109-113 b