AKRILATLAR ASOSIDA ADGEZIV POLIMER QOPLAMALAR OLISH JARAYONINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH
PDF

Keywords

butilakrilat
gidrolizlangan kollagen
adgeziv qoplamalar
ko‘p omilli regressiya tahlili
matematik model
korrelyatsiya koeffitsiyenti
jarayonni optimallashtirish.

How to Cite

AKRILATLAR ASOSIDA ADGEZIV POLIMER QOPLAMALAR OLISH JARAYONINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(4), 223-230. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i04.035

Abstract

Ushbu maqolada akrilatlar va gidrolizlangan kollagen asosida adgeziv polimer qoplamalar olish jarayonini ko‘p omilli matematik modellashtirish natijalari tahlil qilingan. Tadqiqot ishida olingan tajriba natijalari va nazariy ma’lumotlarni taqqoslash hamda asosiy omillarning reaksiya unumiga ta’sirini miqdoriy baholash maqsadida uch omilli ko’p o‘zgaruvchi chiziqli regressiya (Multiple Linear Regression, MLR) tahlili amalga oshirildi. Mustaqil o‘zgaruvchilar sifatida butilakrilat miqdori (X_1, mass.%), glutaraldegid miqdori (X_2, mass.%) va gidrolizlangan kollagen miqdori (X_3, mass.%) tanlandi. Bog‘liq o‘zgaruvchi sifatida reaksiya unumi (Y, %) qabul qilindi. Olingan regressiya modelining statistik ishonchliligi yuqori adekvatlik ko‘rsatkichlari (R^2=0,8718 (87,18%)) va (R=0,9337) bilan tasdiqlanib, tizimning real eksperimental holatni yuqori aniqlikda tavsiflashi isbotlandi. Regressiya koeffitsiyentlarining qiyosiy tahlili jarayon unumiga glutaraldegidning ta’sir darajasi eng yuqori ekanligini, butilakrilatning yuqori konsentratsiyasi esa emulsiya barqarorligining pasayishi hisobiga tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari adgeziv qoplamalarning optimal retsepturasini matematik jihatdan asoslash va jarayonni boshqarish imkonini beradi.
PDF

References

1. Montgomery D.C., Peck E.A., Vining G.G. Introduction to Linear Regression Analysis. — 5th ed. — Wiley, 2012. — 672 p. — ISBN: 978-0-470-54281-1. (Scopus)

2. Draper N.R., Smith H. Applied Regression Analysis. — 3rd ed. — Wiley-Interscience, 1998. — 736 p. — ISBN: 978-0-471-17082-2. (Scopus)

3. Harris C.R. et al. Array programming with NumPy // Nature. — 2020. — Vol. 585. — P. 357–362. — DOI: 10.1038/s41586-020-2649-2. (Scopus, WoS, Q1, IF=50.5)

4. Huang X. et al. Modulating physicochemical properties of collagen films by cross-linking with glutaraldehyde at varied pH values // Food Hydrocolloids. — 2022. — DOI: 10.1016/j.foodhyd.2021.107093. (Scopus, Q1, IF=10.7)