Abstract
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi tabrik va tilaklarda namoyon bo‘ladigan genderga oid farqlarni M.Y. Strijneva va M.L. Nikolayevna kabi tadqiqotchilarning nazariy qarashlari hamda G. Xolmsning gender kommunikatsiyasi modeli asosida sotsiolingvistik va pragmatik tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot gender tushunchasini jamiyat tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy konstrukt sifatida ko‘rib chiqadi, u nutqiy xatti-harakatlarni ijtimoiy kontekstga moslashtirish me’yorlarini belgilaydi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, ayollar nutqida emotsional iliqlik, samimiy duoviylik, diniy-madaniy qadriyatlar va g‘amxo‘rlik unsurlari ustunlik qiladi, bu G. Holmesning "birdamlik nutq uslubi" nazariyasiga mos keladi. Erkaklar nutqida esa mantiqiylik, qisqalik, kinoya, hazil va ijtimoiy statusni ifodalovchi leksik birliklar yetakchilik qiladi, bu esa mavqe, kuch va ijtimoiy ierarxiyani mustahkamlovchi modeldir. Ingliz tilida gender tafovutlar leksik va pragmatik darajada aniq namoyon bo‘lsa, o‘zbek tilida ular madaniy, diniy va ijtimoiy qadriyatlar bilan shartlangan holda namoyon bo‘lishi aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, har ikkala til tizimida ham tabrik va tilak aktlari genderga xos kommunikativ strategiyalar orqali ifodalanadi
References
1. G.To‘lanboyeva, G.Roziqova. Tilning gender xususiyatlari tadqiqi Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. International scientific-online conference. B.61-64 https://doi.org/10.5281/zenodo.8191336
2. М. Ю. Cтрижнёва Особенности женского стилья письма научно-популярного туристического журнала «Вокруг света» выпуск 3 (20) том 2 2018 (Cовременный дискурс-анализ)
3. А.Г.Кирова Развитие гендерных исследований в лингвистике Вестник ТГПУ.2009. Выпуск 8 (86)
4. Кирилина А.В. Гендер и гендерная лингвистика на рубеже третьего тысячелетия НАУЧНЫЙ ОБЗОР Московская международная академия, Москва, Россия Вопросы психолингвистики 3 (49) 2021 DOI 10.30982/2077-5911-2021-49-3-109-147. Стр.110
5. Е.С.Гриценко Становление гендерной лингвистики в контексте общего развития науки о языке Учебное пособие для студентов и аспирантов Нижний Новгород Издательство ГОУ ВПО НГЛУ, 2007.
6. https://www.shutterfly.com/ideas/happy-birthday-quotes/
7. https://qwert.uz/2020/04/29/tugilgan-kun-uchun-tabriklar-matni/

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.