SHARQ VA G‘ARB AN’ANALARIDA DEMONOLOGIK VA ANGLOLOGIK TASAVVURLAR
PDF

Keywords

Demonologiya, angelologiya, mifologik tafakkur, Sharq va G‘arb an’analari, mumtoz adabiyot, demonologik obrazlar, angelologik obrazlar, mifologiya va din, badiiy talqin, ezgulik va yovuzlik dualizmi, inson ruhiyati, ramziy obrazlar

How to Cite

SHARQ VA G‘ARB AN’ANALARIDA DEMONOLOGIK VA ANGLOLOGIK TASAVVURLAR. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(01), 268-275. https://doi.org/10.70728/qdpi.v08.i01.035

Abstract

Mazkur maqolada Sharq va G‘arb madaniy-an’analarida demonologik va angelologik tasavvurlarning genezisi, tarixiy shakllanish bosqichlari hamda ularning mifologiya, diniy ta’limotlar va mumtoz adabiyotdagi badiiy-estetik talqini qiyosiy-tipologik metod asosida tahlil etiladi. Tadqiqotda demonologiya va angelologiya tushunchalarining ibtidoiy mifologik tafakkur doirasida vujudga kelishi, keyinchalik yirik diniy tizimlar — xristianlik va islom ta’limotlari ta’sirida nazariy va ramziy jihatdan takomillashuvi yoritilgan. Ingliz va o‘zbek mumtoz adabiyotida demonologik va angelologik obrazlarning (iblis, shayton, jin, dev, farishta, pari va boshqalar) badiiy funksiyalari, ularning axloqiy-falsafiy mazmuni hamda inson ruhiyati bilan bog‘liq talqin xususiyatlari ochib berilgan. Maqolada mazkur obrazlarning syujetni harakatlantiruvchi, ramziy ma’no yaratish, personaj ruhiy holatini chuqurlashtirish va o‘quvchining dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishdagi roli ilmiy asoslangan holda ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari demonologiya va angelologiya tushunchalarining adabiy tafakkurdagi universalligi hamda ularning milliy-madaniy kontekstga moslashuv mexanizmlarini aniqlash imkonini beradi

PDF

References

1.Пивоев В. М. Мифологическое сознание как способ освоения мира.-Петрозаводск: Карелия, 1991.С.25.

2.Ашуров Т. Халқ достонларида қаҳрамон-титанлар образи талқинига доир.-ХХаср ўзбек фольклоршунослиги.Антология. ≪ 0zbekiston milliy ensiklopediyasi≫Давлат илмий нашриёти. Тошкент, 2017.Б.286.

3.Саримсоков Б. Эпик жанрлар диффузияси // Узбек фольклорининг эпик жанрлари. -Тошкент, 1981, 102-бетлар.

4.Жураев М., Шомусаров Ш. Узбек мифологияси ва араб фольклори. —Тош-кент: Фан, 2001, 10-11-бетлар.

5.https://www.dissercat.com/content/folklornoe-i-mifologicheskoe-v-angliiskoi-literaturnoi-traditsii-xx-veka-dzhrr-tolkin-ub-iei

6.Жўраев М. Фольклоршунослик асослари.Тошкент, 2008.Б.6.

7.Бобур Заҳириддин Муҳаммад. Куллиёт. 1-жилд. Девон. Тошкент: “Zilol buloq” нашриёти, 2021.

8. Нажмиддин Кубро. Кўнглим кўзи билан кўрганларим. /Жузжоний Абдулҳаким Шаърий. Тасаввуф ва инсон. — Т.:»Адолат», 2001.

9. https://ru.wikipedia.org/wiki

10. https://qomus.info/encyclopedia/cat-sh/shayton-uz/

11. https://hidoyat.uz/23667

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.