Abstract
Maqolada o‘zbek tilshunosligida so‘z birikmalarining leksik-semantik tabiatini aks ettiruvchi xususiy birikuvchili birikmalar nazariyasi yoritiladi. An’anaviy sintaktik tadqiqotlarda birikuvchanlik asosan formal-grammatik munosabatlar orqali izohlangan bo‘lsa-da, real nutq jarayonida so‘zlarning o‘zaro birikishi leksik-semantik cheklanish, nutqiy me’yor va assotsiativ faollashuv bilan belgilanadi. Maqolada xususiy birikuvchili birikmalar erkin so‘z birikmalari va frazeologik birliklar oralig‘ida joylashgan, leksik tanlovi cheklangan, ammo to‘liq idiomatik bo‘lmagan birliklar sifatida asoslanadi. Shuningdek bu hodisaning shakllanish bosqichlari, klassik sintaksis doirasida talqin qilinishi hamda valentlik nazariyasi va korpus lingvistikasi ta’sirida yangi ilmiy mazmun kasb etgani tahlil qilinadi. Natijada xususiy birikuvchanlikni mustaqil ilmiy obyekt sifatida o‘rganish uchun nazariy asos yaratadi.
References
1. Benson M. The structure of the collocational dictionary. - Amsterdam, 1989. pp. 4-5.
2. Church K., Hanks P. Word Association Norms, Mutual Information, and Lexicography. - ACL, 1989. - pp.76-83.
3. G‘ulomov A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. - Toshkent: Fan, 1966. - 112-115-betlar.
4. Ibragimov, J. Y. O‘zbek tili mustaqil leksemalarining xususiy birikuvchilari va ularning modellari: doktorlik dissertatsiyasi (DSc). - Qarshi: Qarshi davlat universiteti, 2023. - 18-22; 24-26; 41-46-betlar.
5. Madaminov A. Xususiy birikuvchi so‘z birikmalari va ularning nutqiy voqelanishi // Til va adabiyot. - 2025. - № 12. - B. 4-5; 7-8-betlar
6. Mahmudov, N. Til birliklarining semantik tabiati. - Toshkent: Fan, 2013. - 64-70-betlar.
7. McKeown, K. R., & Radev, D. R. (2000). Collocations. In Handbook of Natural Language Processing (Chapter 15, pp. 1-19). Marcel Dekker.
8. Nurmonov, A. O‘zbek tilshunosligi tarixi. - Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2002. -190-191- betlar.
9. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilida frazeologik birliklar. - Toshkent: Fan, 2002. - 97-99-betlar.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.